Optik teleskoplar sharxi  

  • Sana 11-04-15
  • Yuklangan 95
  • Fayl hajmi 284,38 kB
I.Bob. Optik teleskoplar sharxi.
Teleskoplar - astrofizik tadqiqotlar qilishda astronomlarning asosiy quroli boiib xizmat qiladi. Birinchi teleskop 1609-yili italyan olimi Galiley tomonidan ishga tushirilib, olim o'z instrumenti yordamida birdaniga bir nechta kashfiyot qildi. Xususan u Oyning relyefi Yernikiga o'xshashligi, Yupiter atrofidagi 4 yo'ldoshining mavjudligi, Veneraning fazalari, Quyoshning dog'i va Somon yo'lini yulduzlar tashkil qilganligini aniqladi. Bu kashfiyotlar teleskopning osmon jismlarining tabiatini o'rganishda juda katta imkoniyatlari mavjudligini ma'lum qilib, astronomiyada yangi davrning ochilishidan darak berdi.