Furqat ijodi  

  • Sana 30-09-12
  • Yuklangan 75
  • Fayl hajmi 22,43 kB
Zokirjon Xolmuxammad o‘g‘li Furqat milliy madaniyatimiz tarixidagi yorqin siymolardan biri, ulkan ijodkor va qomusiy olimdir. Uning dil o‘rtar lirik she’rlari, ajoyib nasri, publitsictikasi o‘zbek adabiyoti xazinasini boyitgan bo‘lsa, adabiyotshunos va tarixchi, etnograf (elshunos) va tarjimon, jurnalist va xattot, geograf va hakim sifatidagi serqirra faoliyati ham tahsinga sazovor. Atigi 51 yillik umri (1859 - 1909) davomida Furqat madaniyatimiz taraqqiyotiga ulkan ulush qo‘shganiga uning boy ilmiy-adabiy merosi dalil bo‘la oladi.