Zokirjon Xolmuhammad o’gli Furqat  

  • Sana 28-06-14
  • Yuklangan 94
  • Fayl hajmi 38,82 kB
1. Furqat hayoti va ijodini o’rganish tarixidan
2. Furqatning tarjimai holi
3. Furqat lirik shoir
4. Furqat publitsistikasi
5. Furqat-ma’rifat va madaniyat tar¢ibotchisi
6. Furqat ijodining badiiy xususiyatlari, shoir san’atkorligi
7. Furqat dostonlari
Referat haqida toliq malumot:

Zokirjon Xolmuhammad o’gli Furqat

chuqur gumanistik goyasi bilan davr adabiyotida aloxida o’ringa ega.
“Sayding qo’ya-ber, sayyod”ning moxiyati zulmni, tutqunlikni qoralashdir. Uning zaminida zo’rlik bilan insonni erkdan maxrum qilishga qarshi kuchli norozilik, ozodlik uchun bo’lgan intilish madxi yotadi.
Ma’lumki Furqat bu davrda mavjud ijtimoiy tuzumga, undagi xukmron adolatsizlik va zo’ravonlik tartiblariga batamom zid turgan goyani ochiq-oydin olga sura olmas edi. Sh/u xam shoir maxsus shakl va obrazlar qidirishga bo’ladi va chuqur ijtimoiy goyani badiiy tomondan xajman bilan kuchli tasvirlaydi. Musaddasda sayyod va uning tuzogiga ilingan sayd (ov) xaqida gap ketadi. Asarda sayyod-zulm, zo’rlik va adolatsizlik timsoli sifatida gavdalanadi, sayyod esa tutqunlik, qullik simvolidir. Shoir zulm va jafo ko’rgan saydga zo’r muxabbat va achinish bilan qaraydi, sayyodni esa yovuz kuch sifatida qoralaydi va la’natlaydi:
Sayding qo’ya-ber sayyod sayyora ekan mendek
Ol domini bo’ynidin, bechora ekan mendek
O’z yorini topmasdan ovora ekan mendek,
Iqboli nichun, baxti xam qora ekan mendek
Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek.
Lirik musaddasdagi asosiy obrazlardan yana biri shoirning o’zidir. U eng yuksak fazilatlarga ega, chin gumanist inson sifatida gavdalanadi. Muallif obrazi zulm va zo’rlikni, ta’qib va taziyqni qoralovchi sifatida maydonga chiqadi. U yuz bergan adolatsizlikka ro’y-rost salbiy munosabat bildiradi. O’zini “oxu”lar-tutqunlar jumlasidan deb xis etadi, “ekan mendek” radifli avtor obrazini voqea ichiga to’gridan-to’gri olib kiradi:
Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek,
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek.
Oxuning chekkan azobi va kechinmalari batafsil tasvirlanib, xar oltilik oxirida ana shu baytning takrorlanishi shoirning xam oxu qatoriga quyib bedodlikdan qutilishga shoirning o’zi xam muxtoj ekanidan xabar beradi.
Musaddas konkret ijtimoiy jamiyatdagi inson erki sha’niga aytilgan alangali qo’shiqqa aylanadi.
Kes rishtanikim, qilsun chapponlar otib jasta,
Hajrida alam tortib, bo’ldi jigari xasta,
Toglarga chiqib bo’lsin yori bila payvasta,
Kel, qo’yma balo domi birla oni po basti,
Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek,
Kuygan jigari-bagri sadpora ekan mendek.
Musaddas Zokirjon Furqat ongida ozodlik madxi, erkinlik goyalarining etakchi tamoyilga aylanganini ravshan ko’rsatish bilan bir qatorda, shoir dunyoqarashidagi, jamiyat rivojlanish qonuniyatlarini tushunishdagi cheklanganlikni xam, ozodlikka olib boruvchi, erkni ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy omillarni payqay olmaganligini xam ko’rsatishi jixatidan xarakterlidir.
Shunga ko’ra xam u zolim zulmini ko’rib, tutqunlik va erksizlikni xis qilgani xolda, ulardan qutulib, ozodlikka chiqish yo’lini bilmaydi. Natijada sayyodga murojaat qilib uni raxmdil, odil bo’lishga chaqiradi.
Furqat poeziyasida nolish, xasrat va shikoyat motivlarining asl moxiyatini ochib beradigan va ularning sotsial ildizlarini izoxlaydigan she’rlar xam uchraydi:
Sarxi kajraftorning bir shevasidan dogman,
Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadur.
Bu baytda shoir o’zi bilan jamiyatdagi xukmron guruxlar o’rtasida, jamiyatning ilgor qismi-“dono”lar bilan reaktsion qismi – “nodon”lar o’rtasida tugilgan qarama-qarshilikka ochiq ishora qilib o’tadiki, bu konflikt xasrat, nolish va shikoyat motivlarini tugdirgan edi.
Furqat lirikasining xarakterli xususiyatlaridan biri undagi ¢urbat motivlaridir. Furqat poeziyasida, ayniqsa, shoirning chet ellarda yashagan davrida yaratgan she’rlarida bu motiv keng ishlandi. Furqat otashin vatanparvar shoir edi. U o’z xalqini, o’z ona-Vatanini cheksiz muxabbat bilan sevar, uning istiqboli, baxt-saodati xaqida qaygurar edi. Oir uzoq muddat chet ellarda yashagan davrida o’z Vatanini, xalqini unutmadi. Hokim guruxlar, ularning fitna va igvolari shoirni o’z Vatanini tashlab chiqishiga majbur etgan va uning qaytib kelish yo’llarini to’sib qo’ygan edi.
Bu jixatdan uning “Adashganman” muxammasi, bir qamar siymoni ko’rdim”, “Begiz nast” gazallari diqqatga sazovordir.
Muxammas shaklida yozgan “Adashganman” asari shoirning o’z vatani xaqidagi chuqur xis-tuygularini ajoyib maxorat bilan, jo’shqinlik bilan tarannum etadi:
Keyingi davr adabiyotimizda ona-Vatan dardini Furqatga o’xshab chuqur xis etgan va o’z ijodida mukammal yoritib, Vatan muxabbati xaqida ko’p va ajoyib asarlar yaratgan shoirni kam uchratamiz. Ulug Alisher Navoiyning xam Vatan muxabbati, gurbat alamlari xaqida o’lmas asarlar yaratgani ma’lum...
Furqat Kashmirda xind go’zaliga bagishlab, “Bir qamar siymoni ko’rdim” gazalini yozar ekan, o’zining ¢urbatda darbadar kezib yurganligidan baxs ochadi:
Aydi: “Ey bechora, qilding Na uchun tarki vatan?”
Man dedim: “¢urbatda Furqat bor ekan taqdirda!”
Aydim: “Ey jon ofati, zulfingga bo’lmish man asir,
Aydi: “Bu savdoni qo’y, umring o’tar zanjirida!
“Nuqta lab ustida bajodur”,-dedin aydi kulib
Saxv qilmish kotibi qudrati, magar, taxrirda:
Vatan muxabbati temasi Furqatning fors-tojik tilida yozilgan she’rlarida xam ishlanadi. Bu jixatdan Furqatning Tajalliy va Muqimiy she’rlariga nazira-javob tarzida yozgan “Begiz nast” she’ri taxsinga loyiq.
Dod az dasti baxori zindogi k-az, jo’shi u,
Yak guli xandoni nakxat bezu rangomez nast.
Dar vatan az javri gardun xurorami moro nabud,
In chi tole’ bud yorab, dar garibi niz nast.
Tarji’band-musaddas shaklida yozilgan va o’n besh band-to’qson misradan iborat bo’lgan katta xajmli “Uch xarobatiy” she’ri demokratik adabiyotdagi falsafiy lirikaning kuchli namunalaridan biridir. Bu yo’nalish she’r tekstida uchraydigan “Uch xarobotiy”, “Uch alamkashmiz”, “Uch qalandarmiz” iboralarida ko’rinib turadi. She’r din axllariga, taqvodorlariga qarshi bosh ko’targan va o’zini “Xarobot axli” deb e’lon qilgan uch isyonkor tilidan yozilgan. Din ta’limotini, taqvo va o’gitlarni tark etib, erkparvarlik ruxi bilan sugorilgan bu she’rda sarkashlik, shakkoklik va rindlik kayfiyatlari ilgari suriladi.
Uch xarobotiy erurmiz Sokini mayxonamiz
Xum boshidin charx urub, monandi bir parvonamiz,
Mast o’lubmiz jo’shishi maydin ajab koshonamiz,
Xolimiz dunyo gamidin forigi koshonamiz,
Yor bizning yorimiz, jonon bizning jononimiz,
Ushbu davron birla o’tsak yo’q erur armonimiz.
(Tanlangan asarlar P tom 95 bet 1-P-Sh bandlar).













FURQAT PUBLITSISTIKASI

Zokirjon Furqat tub ma’noda yangi tipdagi ijodkor edi. Uning ijodiy faoliyat doirasi keng bo’lgan. Shoir qadimiy adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini izchil ravishda davom ettirish bilan birgalikda badiiy taxlil ko’lamini yangi mavzu, yangi goya, yangi asarlarida, publitsistikasida, jurnalistlik faoliyatida juda yaqqol ko’rinadi.
Furqat birinchi o’zbek jurnalistidir. Uning Toshkentda yashagan davrida “Turkiston viloyati gazeti” redaktsiyasida ishlaganligi rad qilib bo’lmas xaqiqatdir. Furqat bu davrda va bundan keyin chet ellarda sayoxat qilib yurgan kezlarida, Yorkentda yashagan vaqtida xam o’z she’rlari, xabarlari va publitsistik maqolalarini gazeta redaktsiyasiga yuborib turdi.
Furqat gazeta saxifasida bosilgan maqolalarida otashin do’sti, tajavuzkor imperialistlarning murosasiz dushmani sifatida ko’z o’ngimizda gavdalanib turadi. Bu jixatdan shoirning “Ho’qandlik Zokirjon naql qilib yozgan xabari” sarlavxali maqolasi va “Rus askarlari ta’rifida” she’ri diqqatga sazovordir.
Furqat o’zining “Rus askarlari ta’rifida” she’rini rus-yapon urushi” munosabati bilan imperialistik mamlakatlarning, ayniqsa, ingliz imperialistlarining rus xalqiga nisbatan uyushtirgan igvo va Bo’xtonlariga javoban yozgan edi. Bu she’rning muqaddimasida shoir quyidagilarni ta’kidlab o’tadi: “Xablul matin” va “Pesai axbor” nom Hindiston gazetlarida rusiya davlatining Yapon birlaqilgan muxorabalari xususida, O’rusiya askari borasida aksar kinoyamiz so’zlarni yozadur... Lekin mazmunan diqqat birla muloxaza qilganda kinoya va xasadomiz ma’nilar ma’lum bo’ladir? Ingliz mustamlakachilari nazorati ostida Hindistonda chiqayotgan gazetalar rus-yapon urushida rus qo’shinining maglubiyatga uchrashini dastak qilib olib, rus xalqi sha’niga turli tuxmatlar yogdirishi jaxon jamoatchiligini adashtirar edi. Sh/u Furqat rus xalqi va uning jasorati to’grisida xaq gapni tiklash maqsadida ingliz gazetalariga javob yozishni zarur deb xisobladi.
Furqat o’z she’rida, garchi rus-yapon urushida rus qo’shini maglubiyatga uchragan bo’lsa xam rus xalqi dunyoning jasoratli va zakovatli, engilmas xalqlardan biri ekanligini ta’kidlab, urushda uning ko’p qaxramonliklar ko’rsatganini qayta-qayta uqtiradi.
Bu ish rusiya zo’ridin emasmu,
Alar tab’i Gayuridin emasmu?
Bu so’zning ramzini dono bilur bas,
Nechun otashga toqat aylagay xas?
Haqiqatan xam 1904-1905 yillarda ossiya bilan Yaponiya o’rtasida bo’lgan urushda rus qo’shinining engilishi, rus saldatlarining qo’rqoqligidan, sustkashligidan emas, balki chorizmning chirganligi, chor xarbiy qo’mondonligining layoqatsizligi natijasi edi.
Furqat “Turkiston viloyati gazetasi”saxifasida 1897 yilda yozgan bir maqolasida mustamlakachilar zulmi ostida ezilayotgan mazlum Sharq xalqlari do’sti sifatida ko’ringan. Maqolada ingliz imperialistlarining o’rnatgan va xshiyona .. . zulmiga qarshi erksevar Afgon xalqining olib borgan ozodlik kurashi to’grisida gapiriladi.. .


FURQAT IJODINING BADIIY XUSUSIYaTLARI,
ShOIR SAN’ATKORLIGI

Furqat ijodining badiiy-estetik printsiplarini r-zm tashkil etadi. Furqat r-zm uchun ijobiy idealni ilgari surish va optimizm xarakterlidir.
Furqat ijodida tanqidiy xarakterga ega bo’lgan asarlardan ko’ra, ijobiy goyani tasdiqlovchi,kuylovchi asarlar ustundir. U jixatdan Furqat boshqa demokrat shoirlardan ajralib turadi. Muqimiy, Zavqiy kabi demokrat shoirlar ijodida satira elementi ustun bo’lib, ular realizm tanqidiy xarakterga ega bo’lsa, Furqatda ijobiy idealni kuylash ustundir.
Furqat badiiy maxorat cho’qqilarini egallashda Sharq poeziyasining boy xazinasidan, o’tmishning ulug san’atkorlaridan barakali foydalandi. Shoirning ulug Alisher Navoiyga zo’r muxabbat va ixlos bilan qaragan, xamda uning ijodiy chashmasidan baxramand bo’lgani ma’lum. Furqat she’rlari ichida Navoiy gazallariga yozilgan muxammaslar ko’p bo’lganidek, Alisher Navoiy uslubi va manerasida yozilgan she’rlar-naziralar xam ancha uchraydi. Masalan, Furqat Navoiyning:
Ko’nglim o’rtansin agar gayriga parvo aylasa
Har ko’ngil kim, sening ishqingni paydo aylasa.
Bayti bilan boshlanuvchi mashxur gazalining vazni, qofiyasi, radifi va boshqa badiiy xususiyatlarini saqlagan xolda quyidagi nazirani yaratdi:
Ko’r bo’lsin ko’zlarimkim, o’zgacha solsam nazar,
Jonga o’t tushsun agar sendin bo’lak yor aylasam.
Ham ko’ngil yuz pora bo’lsin, mayl qilsa o’zgaga,
Til kesilsin o’zgaga bir xarf guftor aylasam.
Jondin ayrilsun tanu, yo bir yo’li sinsin ayog,
¢ayr kuyin bir qadam xar saro raftor aylasam.
Furqatning dashtida men labtashna mundog oxkim,
Demading xargiz ani shodobi diydor aylasam.
Furqat she’rlarida Sharq poeziyasining ulkan namoyandasi Fuzuliy nomi tez-tez tilga olinadi va unga naziralar yozaladi, muxammaslar boglanadi.
Bu viloyatlar maqomi boshqadur, emdi qani -
Suxbatingizda dushanba gijjaku setorlar.
Aylar erdi gox Farzinxon “Suvora” mashqini,
Yaxshi savt ila Fuzuliydin o’qib ashgorlar.
Furqat lirikasida klassik poeziyamizga xos bo’lgan xamma she’riy shakllarning namunlalari-gazallar, muxamaslar, tarji’bandlar, masnaviylar va boshqalar uchraydi. Furqat mavjud she’riy shakllardan foydalanish bilan birga,adabiyotimizda yangi she’riy shakllar yaratishga xam intiladi. Bu jixatdan “Lo’li va echki”, “Muazzam Chinu rus” to’rtliklari xaraktrelidir. To’rtliklar usulida yozilgan bu mustaqil she’rlar o’z shakli va mazmuni bilan adabiyotimizda yangi xodisa bo’lib, rus adabiyotidagi epigrammalarni eslatadi.
Furqat lirikasida ajoyib o’xshatishlar, original istiora, majozlar va xarakterli tashbexlar ko’p uchraydi.
Shoir poeziyasining tili jonli va jozibalidir. Masalan,”Kashmirda” sarlavxali lirik she’rlaridan olingan quyidagi baytlarda shoir baxsinga sazovor majoz va istioralar yaratadi:
Aydim:”Ey jon ofati, zulfingga bo’lmishman asir!
Aydi:”Bu savdoni qo’y, umring o’tar zanjirda!”
“Nuqta lab ustida bejodur”,-dedim, aydi kulib:
“Saxv qilmish kotibi qudrat, magar taxrirda”.
Bu baytlarning ikkinchisida Furqat zo’r poetik maxorat ko’rsatadi. Shoir yor labida xol borligini anglatmoqchi bo’lib, uni nuqtaga o’xshatadi. Uning uchun arab alifbesida “lab” so’zining ( ) yozilishidan foydalanib so’z o’yini yasaydi. Shoir yorga xitoban “lab” so’zida nuqta (xol) pastda bo’lguchi edi, sening labingda nuqtaning lab ustida turishi bajodir, deb xazil qiladi.
Yori esa o’z javobida undan xam sho’xroq mazmunni ifoda etadi: taxrir vaqtida kotib xato qilib, nuqtani (xolni) pastga emas (arab alifbesida “b” xarfidagi nuqta ( ) pastga qo’yiladi), yuqoriga qo’yib yuborgan.
Shoir klassik poeziyamizda keng tarqalgan lutf usulidan xam ustalik bilan foydalangan:
Ko’zlari bir gamza birla vaxshi ko’nglum qilsa sayd,
Furgon emas, gar chindin oxu kelturur.
Bu baytdagi chin so’zi ikki ma’noda: rost va xitoy ma’nolarida ishlatilgan. Natijada baytdan ikki xil mazmun anglashiladi: a yorim o’z ko’zlarini gamza-qarashma bilan o’ynatsa, go’yo Chindan (Xitoydan) go’zal ko’zli oxu keltirgandek bo’lib, mening ko’nglim unga maftun bo’ladi; b) mening yorim o’z ko’zlarini gamza qarashma bilan o’ynatsa, yolgon emas,chindan xam uning ko’zlari oxu ko’zlaridek go’zal bo’lib ketadi.
Shoir “Fasli Navbaxor o’ldi”, “Baxor ayyomida” v.b. she’rlarida tabiatning go’zal tasvirini bergan. (1 tom, 21-bet).
Dilbaro vasling muyassar bo’lmasa yiglab yonay,
Tobakay xajringda ogushimda zonu kechalaryu
Bu baytda kechalari tong otguncha uxlamay, yor yo’liga ko’z tikib, xasrat va alam ichida tizzalarini quchoqlab o’tirgan oshiq obrazi chizilgan. Bu real va juda jozibali manzara. Bu poetik manzara san’at predmeti sifatida rassom uchun xam, xaykaltorosh uchun xam ob’ekt bo’la oladi...


FURQAT-MA’RIFAT VA MADANIYAT TAR¢IBOTCHISI

Zokirjon Furqatning ma’rifatparvarlik ruxidagi asarlarida davrning bosh masalalaridan biri-Rossiyaga, rus xalqiga munosabat masalasi, o’lkaning Rossiya sostaviga qo’shib olinishini baxolash masalasi chuqur xalqchillik pozitsiyasidan goyaviy etuklik va katta zakovat bilan xal etiladi. Reaktsion guruxlar, feodal tuzumi maddoxlari, din Xomiylariga zid o’laroq, demokrat shoir Rossiyaga qo’shib olinishni ma’qulladi, uning chorizm va rus burjuaziyasi ish-ixtiyoridan tashqari bo’lmish ob’ektiv ijobiy oqibatlarini ko’rdi, faxm etdi, o’zbek xalqining kelajagi,taqdiri, zamonaviy taraqqiyotga erishuvi faqat Rossiya va rus xalqi bilan xamkorlik va do’stlashuvda ekanligini o’z davrining ilgor farzandi sifatida tushundi. Shubxasiz, shoir bunda ma’lum evolyutsiya jarayonini bosib o’tdi... Bunga aniq ishorani “Furqatnoma”ning quyidagi jumlalarida xam ko’ramiz: “... Ho’qand va Margilonda ekan vaqtimda Rusiya rasmlarini mutlaqo bilmas erdim... Ul vaqtlarda Rusiya xalqidin baroq odamni bazorda ko’rsam, qochib yiroqdin o’tib ketar edim. Hatto o’ris bilan so’zlashgan odamni yomon ko’rar erdim... Toshkent shaxriga kelib, bir necha vaqt turub, Rusiya xalqining odamlari bilan tanishib, oshno bo’lib, alarning ko’p rasmlarini ko’rdim va ko’rmaganimni so’rdim...” Demak...
Keyinchalik “Rossiyaning Sharqqa nisbatan madaniylashtiruvchilik roli”ni tushungan Furqat ossiyani uluglashga kirishadi. Hatto shoir Rossiyaga qo’shib olinish natijasida o’lkada asrlar mobaynida muntazam davom etib kelgan feodal boshboshdoqlikka, taxt uchun olib boriladigan o’zaro ichki urushlarga uzil-kesil barxam berilganligini so’zlaydiki, bu nixoyatla muximdir. Bu tarixiy xaqikat “Turkiston viloyati gazeti” 1903 yil 9 may sonida bosilgan asarida shunday beriladi:
Qadim ayyom xonlaro asrini ko’rgan-eshitganmiz:
Har oyda bir tarafdin yov chiqib elga ziyon etdi.
Bir-ikki gaz qizil chit nayzaga boglab alam aylab,
Qo’shun tortib necha erlarni toroju talon etti.
Ko’p elni xuni noxaq qildi ul saffoni joxillar,
Bolasini etim-xotunlarin bexonumon etti.
Qachon Rusiya axli qo’shdi yuz Fargona mulkiga,
Musulmonlarni ul sho’ru balolardin omon etti.
Shoir “Ilm xosiyati” she’rida yangi davr va yaqin kelajak ossiya davridir, degan chuqur xulosaga keladi:
Zixi davroni arxunda nishoni,
Zamon o’ldi o’rusiya zamoni.
Toparga ilmni aylar jadallar,
Topib aylab aning birla amallar.
Bo’lub bu asr xikmat axli xadsiz
Fatonat axli donishmand adadsiz.
Ulumu fanda Aflotundin afzal,
Kamoli axlu donish birla akmal.
Furqatning ma’rifatparvarlik ruxidagi asarlaridan birinchisi-“Gimnaziya” rus-evropa ta’lim-tarbiya, o’qituv sistemasiga madxiya sifatida jaranglaydi. Ayni zamonda, “Gimnaziya” ob’ektiv ravishda eski usuldagi maktablar axvoliga tanqidiy nazar bilan qarash, yangi tartiblarni orzu qilish ro’xi bilan sugorilgan. Asar eski maktabning qotib qolgan chalasavod domlalariga qarshi qaratilgan tanqid sifatida xam axamiyatlidir:
Esizkim, bizni o’tmish xonu beklar.
Kechib ishratda zos subxu shomi,
Keturmay yonigi bir axli donish,
O’ziga xos etib necha ovomi.
Chu ilmu fazl elini tutmadilar,
Qilibon tarbiyatda extiromi...
Ma’rifat tavsifiga bagishlangan va “Akt majlisi xususida” deb yuritilayotgan masnaviy o’zining mazmuniga ko’ra “Gimnaziya”ning davomidir. Unda shoir gimnaziyani bitiruv imtixonlariga bagishlangan majlis xaqida batafsil so’z yuritadi. Ayniqsa, bitiruvchilar orasida “musilmon xalqimizda tolibul-ilm”lar xam borligi muallifni quvontiradi. Nixoyat shoir bu so’zlarni aytishdan maqsadim ilmga chanqoqligim deydi va zamondoshlarini yana ilm olishga da’vat etadi:
Tiriklikda kishikim qilsa xar kor,
Ani osonligina ilm darkor.
Shoir asar xotimasida “Bu so’zlarni demoqdin shul murodim”,-deya asosiy goya bayoniga o’tadi va zo’r extiros, kuchli xayajon bilan ilm, maorifni uluglaydi. Ilm insonga o’zligini tanitadi, xayotdagi o’rnini belgilaydi, unga jaxonni ochadi”, bir mash’aldek uning yUlini yoritadi, deydi shoir:
Jaxon ravshan ziyoni ilmdandur,
Ko’ngil sofi safoyi-ilmdandur.
Charog o’lsa agar xam kim qo’lida,
Xatar bo’lmas qaronguda yo’lida.
“Turkiston viloyatining gazeti”da (1890 yil, 35, 36 va 39-son).
Zokirjon Furqatning Toshkentda uyushtirilgan vistavkaga bagishlangan (umumiy soni 92 baytdan iborat) masnaviylari e’lon qilinadi. 30 avgustda

Oldingi sahifa | Sahifa 2 èç 3 | Keyingi sahifa
Teglar: Furqat bilan shoir uning bo’lib shoirning Shoir yangi sifatida Furqatning yilda bo’lgan Zokirjon katta ijodiy qilib birla uchun Suvorov “Turkiston