O`quvchilarni algebraik masalalarni yechishga tayyorlash  

  • Sana 11-04-15
  • Yuklangan 86
  • Fayl hajmi 123,62 kB
I. BOB. MAKTAB MATEMATIKA KURSIDAGI MASALALARNING BAJARADIGAN FUNKSIYALARI.....................................................................
1.1. Masalaning ta`limiy funksiyasi........................................................................
1.2. Masalaning tarbiyaviy funksiyasi.....................................................................
1.3. Masalaning rivojlantiruvchi xarakterdagi funksiyasi.......................................
II. BOB. MAKTAB MATEMATIKA KURSIDAGI ALGEBRAIK MASALALAR TO`G`RISIDA ..............................................................................
2.1 Algebraik masala haqida tushuncha..................
2.2. Algebraik masalalarni yechish usullari...........................................................
Referat haqida toliq malumot:

O`quvchilarni algebraik masalalarni yechishga tayyorlash

nazariyani amaliyot bilan bog`lashning, matematika o`qitishning amaliy va tatbiqiy yo`nalganligini ko`chaytirishning tabiiy bir yo`lidir. Matematik amalning mazmunini, amallar orasidagi bog`lanishlarni, amal kompanentlari bilan natijalari orasidagi bog`lanishlarni ochib berishda, har xil miqdorlar orasidagi bog`lanishlar bilan tanishishda matnli masalalardan o`rinli va unimli foydalanish zarur. Har qanday tatbiqiy (matnli) masalalarni yechish uch bosqichni o`z ichiga oladi:
1. Formallashtirish. Bu bosqichda masalaning modeli tuziladi, ya`ni so`zlar yordamidagi ifodalarni simvollar yordamida yozildi va matndagi kattaliklar ma`lum va noma`lumlar orasidagi munosabat(lar) o`rnatiladi.
2. Tuzilgan matematik model ichida masalani yechish. Bu bosqichda tuzilgan tenglama (yoki tengsizliklar sistemasi), shuningdek, tengsizlik, (yoki yoki tengsizliklar sistemasi) yechilib, ularning ildizlari topiladi.
Talqin qilish (interpretatisiya). Topilgan yechim dastlabki holatga tatbiq etiladi.
Tatbiqiy, ya`ni matnli algebraik masalaning formal matematik modelini ko`rish jarayoni qanday bo`ladi, ya`ni model yaratishda nimalarga e`tibor berish kerak degan savol tug`iladi.
Shuni aytish kerakki, har qanday tabiiy, jumladan matnli algebraik masala nafaqat biror real jarayonni, ob`yektni, shu bilan birga qaralayotgan jarayon, ob`yektga tegishli bo`lgan muammoni, real vaziyatni ham tasvirlaydi. Shuning uchun matematik model qurish jarayoni, ob`yekti deb masala shartiga mos keluvchi real vaziyatlar qabul qilinadi. Matematik model formal matematik masala bo`lib, u ham o`sha real vaziyatni tasvirlaydi, lekin bu tasvir so`zlar vositasi emas balki simvolik tilda (tenglama, tengsizlik, tenglamalar yoki tengsizliklar sistemasi va ho kazo) bayon etilgan bo`ladi. Masalan; Matorli qayiq daryo oqimiga qarshi 16 km suzdi va orqasiga qaytib, qaytishdagi yo`lga oldingisiga qaraganda 40 minut kam vaqt sarfladi. Agar daryo oqimining tezligi 2 km/soat bo`lsa, qayiqning turg`un suvdagi tezligini toping - bu masala matni, uning matematik modeli esa + = kabi ko`rinishga ega bo`ladi. Modelni qurishdagi eng muhim tamonlardan biri, yuqori aytganimizdek, real vaziyatni hisobga olishdir. Keltirilgan masala mohiyatiga ko`ra qayiqning tezligi 2 km/soatdan, ya`ni daryo oqimi tezligidan katta bo`lishi kerak, aks holda masala real ma`noga bo`lmay qoladi.
Shundan qilib, matnli algebraik masala matematik modelini qurishdagi chegaralarni aniqlash kiradi. Shuni alohida takidlash kerakki, o`quvchilarni matnli masalalarni tenglama ( yoki tenglamalar sistemasi) tuzish yordamida yechishga o`rgatish jarayonidagi muhim bosqich so`zlar orqali ifodalangan masala matnini simvollar orqali ifodalashdir. Boshqacha aytganda, bu bosqichda oddiy tildan (ona tilidan) simvolik tilga (algebra tiliga) o`tiladi. O`qitishning dastlabki davrlarlarida matnli masalalarning so`zlar va simvollar yordamidagi yozuvlarini yonma-yon keltirish maqsadga muvofiqdir. Misol tariqasida quyidagi masalani olaylik:
Bir oila pudratida ikkinchisidan uch marta kam ishchi bor edi. Birinchi pudratga 4 kishi kelib, ikkinchisidan 2 kishi ketgandan keyin birinchi pudratdagi ishchilar soni ikkinchisidagidan 2 marta kamayib ketdi. Dastlab har bir qaysi pudratda qanchdan ishchi bo`lgan?










MASALANING IFODALANISHI
N So`zlar yordamida Simvollar yodamida
1 Birinchi pila pudratdagi ishchilar soni

2 Ikkinchi pudratdagi ishchilar soni

3 Birinchi pudratga 4 kishi kelib qushilgandan keyingi ishchilar soni.

4 Ikkinchi pudratdagi 2 kishi ketgandan keyingi ishchilar soni.

5 Birinchii pudratga ikkinchisidagidan 2 marta kam ishchlar soni




Demak, masala yechilishining modeli bunday:
Ma`lumki, tatbiqiy masalalarni yechishdagi samadorlk har tamonlama so`zlar bilan ifodalangan masala matnini simvollar yordamida belgilashga- masalaning fomal matematik (simvolik) modelini yaratishga bog`liq. Masala shartiga mos modelni qurish va turli usullar bilan amalga oshirish mumkin. Masalan, aytaylik, bizga quyidagi matnli masalani yechish kerak bo`lsin:
Brigada a`zolari 600 ta detal tayyorlashi kerak edi. Lekin 5 nafar ishchini boshqa ishga o`tkazilishi sababli qolgan ishchilarning har biri 10 tadan ortiq detal tayyorlashlari kerak to`g`ri keldi. Dastlab brigadada nechta ishchi bo`lgan?
YECHILISHI:
1 - Usul
1) dastlabki ishchilar soni -
2) aslida ishlagan ishchilar soni
3) dastlab har bir ishchi tayyorlash kerak bo`lgan detallar soni - ;
4) aslida har bir ishchi tayyorlagan detallar soni - ;
Masala shartiga ko`ra: - =10; bundan
2 - usul (sxema tuzib yechish).
Dastlabki ishchilar sonini bilan belgilaymiz. U holda:

Detallar soni Ishchilar soni Bir ishchining normasi
Dastlab 600


Aslida 600



Shart bo`yicha bundan
Agar bizdan brigadada aslida ishlagan ishchilar sonini topish talab qilinganida edi, u holda tenglamamiz quyidagi ko`rinishda bo`ladi;
, bundan

Garchi bu usul biroz qo`shimcha amallarni bajarishga olib kelsa ham, uni ko`zdan kechirish foydadan holi emas.
3 - usul. Bunda orqali bir ishchi tayyorlashi kerak bo`lgan normani belgilaymiz. U olda yuqoridagi mulohazalar quyidagi jadvalni tuzishga olib keladi:
Detallar soni Ishchlar soni Bir ishchining normasi
Dastlab 600


Aslida 600



Tenglamasi : =5, bundan
4 - usul. orqali aslida bajarilgan normani (detallar sonini) belgilaymiz. U holda masala shartiga doir sxema bunday ko`inishni oladi:

Detallar soni Ishchilar soni Bir ishchining normasi
Dastlab 600


Aslida 600



Tenglamasi: - =5, bundan
Ko`rinib turibdiki, masalada 4 ta noma`lum kattalik ishtirok etayotir (dastlabki ishchilar soni, aslida ishchlar soni, bir ishchining dastlabki normasi, bir ishchining aslida bajargan normasi). Bu noma`lumlardan qaysinisini x orqali belgilab olish masala yechuvchining mohirligiga bog`liq. Huddi ana shu ish masalani eng ratsional usul bilan yechish demakdir. Lekin boshqa kattalikni noma`lum sifatida x orqali belgilab tenglama tuzilganda ham, natija biroz murakkabroq yo`l bilan bo`lsa-da, uni ijobiy hal qilishga olib keladi. O`quvchilar bilan bir masaladagi noma`lumlarni navbat bilan orqali belgilab, uni yechish o`quvchilarga ijodiy fikrlashni tarbiyalaydi. Bunda bir usul bilan bir necha masala yechgandan ko`ra bir masalani bir necha usullar bilan yechish afzal ekanligi yaqqol namoyon bo`ladi. Fikrimizni tasdiqlash maqsadida yana bir masalani turli usullar bilan yechamiz.
Yo`lovchi poyezdning o`rtacha tezligi yuk poyezdnikidan soatiga 20 km ortiq. Shuning uchun ham u 700 km masofani yuk poyezdiga qaraganda 4 soat tezroq vaqtda bosib o`tdi. Har ikkala poyezdlarning tezliklarini va sarflagan vaqtlarini aniqlang .
Yechilishi:
Masalada 4 ta kattaliklarni aniqlash talab qilinganligi uchun ulardan qaysisini orqali belgilash unchalik muhim rol o`ynamaydi.
1 - usul orqali yo`lovchi poyezdining tezligini belgilaymiz. U holda:

Masofa Tezlik Vaqt
Yo`lovchi poyezdi 700


Yuk poyezdi 700



Masalaning shartiga asosan ushbu tenglama to`ziladi, bundan, aniqlanadi.
2 - usul orqali yuk poyezdining shu masofaga sarflagan vaqtini belgilaymiz.
U holda
Masofa Tezlik Vaqt
Yuk poyezdi 700


Yo`lovchi poyezdi 700




tenglamasi: bundan: .
3 - usul. orqali yuk poyezdining tezligini belgilaymiz. U holda:



Masofa Tezlik Vaqt
Yuk poyezdi 700


Yo`lovchi poyezdi 700



tenglamasi: bundan:
4 - usul. orqali yo`lovchi poyezdining vaqtini belgilaymiz. U holda:
Masofa Tezlik Vaqt
Yuk poyezdi 700


Yo`lovchi poyezdi 700



tenglamasi: , bundan .
Xuddi shunga o`xshab yechiladigan masalalarni yechishda sinf o`quvchilarini guruhlarga ajratib, har bir guruhga alohida- alohida usullari tavsiya etib, ya`ni musobaqa darsi o`tkazish ham yaxshi samara beradi.
Psixologlarning tasdiqlashicha, tafakkurning rivojlanishi shaxsning ijodiy faolligi amalga oshadi. Shuning uchun matnli masalalar yechishni to`g`ri tashkil qilish o`qituvchiga o`quvchilarning mumkin bo`lgan aqliy qobilyatlari imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanishga sharoit yaratadi. Bunday masalalar bilan ishlashda o`qituvchi o`quvchilarga faqat umum malakalarnigina emas, balki maxsus (matematik) malakalarni shakllantirish ustida ham ish olib borishi kerak, chunki bunday malakalardan masala yechishning umuumiy, murakkab malakalari tarkib topadi. Buning uchun o`qituvchi masala yechish uchun ko`rsatma berish bilan cheklanib qolmay, ularga bilish ahamiyatiga ega bo`lgan aniq topshiriqlar ham berib borishi lozim. Masala matni murakkab bo`lgan holda berilganlar orasidagi munosabatlarini tushinib olish qiyin bo`lgan hollarda qisqa yozuvdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Haqiqatan ham, masala matnining qisqacha yozuvi o`quvchilar xotirasiga tayanch signal bo`lib, unda berilgan ma`lumotlarni tushinish va bir-biridan farqlanish imkonini yaratiladi. Shu bilan birga ularning ratsional holda yozish masalada nima berilgan va nimani topish (izlash) kerakligini yaqqol tushintirish imkonini beradi. Shuning uchun ham E.M.Semyonov masala yechishda analiz bilan sintez bir-biri bilan uzviy bog`liq ekanligini, berilganlardan noma`lumlarga yoki noma`lumlardan berilganlarga qarab borishi alohida-alohida ikki mantiqiy amallarga doir yo`nalishlar deb qaramasdan, balki analizni masala yechishning yo`llarini izlashda qo`llash sintez esa yechimni yozma ravishda rasmiylashtirishda qo`llanishi lozimligini o`qtiradi. Masala matnining tahlilini noma`lumlardan ham, berilganlardan ham boshlash mumkin.
Shunday qilib matnli algebraik masalalarni yechish jarayonini o`z ichiga quyidagilarni oladi:
- masala matnini diqqat bilan tahlil qilish;
- masalani yechish rejasini (modelini) tuzish;
- tuzilgan rejani amalga oshirish;
- yechimni to`g`riligini tekshirish.
Bu jarayon davomida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- masalaning matni ifodali o`qiladi (lozim bo`lsa, o`qish takrorlanadi);
- masalada nimalar berilgan va nimalar noma`lum ekanligi aniqlanib, ular maxsus belgilar (simvollar) orqali belgilanadi;
- masaldagi ma`lum va noma`lum kattaliklar orasidagi munosabatlar o`rnatiladi, ya`ni tenglama yoki tengsizliklar sistemasi tuziladi;
- yechim(lar) ildiz(lar) topiladi;
- topilgan yechim(lar) ildiz(lar) tekshiriladi.
Olib borgan tajribalarimiz bizni shunga undadiki, masala yechilishi jarayonida o`qituvchi yo`naltiruvchi savollar tizimidan foydalanishi kerak. Buning uchun o`quvchilarga mo`ljallangan quyidagiga o`xshash maxsus eslatmalar katta yordam berishi mumkin:
1. Masalani o`qib chiqing. Masalada nima haqida so`z ketayotganligini aniqlang.
2. Masalada nimalar ma`lum va nimalar noma`lum ekanligini aniqlang. Agar masala matnini tushinib olish qiyin bo`lsa, uning sharti va xulosasini qisqacha yozib chiqing, zarur bo`lsa chizma tayyorlang.
3. Qisqacha yozuvga asoslanib har bir kattalik nimani aniqlashini tushintiring va masala savolini takrorlang.
4. Masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi, agar mumkin bo`lsa, nega ekanligini aniqlang. Avval nimani, so`ngra nimani bilish mumkinligini oydinlashtiring.
5. Masalani yechish rejasini tuzing.
6. Yechishni bajaring.
7. Yechimning to`g`riligini tekshiring.
Tajribaning tasdiqlashicha, o`quvchilarga matnli masalalar yechishni o`rgatishda bu ishni bosqichma-bosqich bajarish maqsadga muvofiq:
I. Masala o`qituvchining yo`naltiruvchi savollari yordamida yechiladi va yechish jarayoni o`quvchilarning daftarlarida va sinf doskasida bir vaqtda yonma-yon ravishda rasmiylashtirib boriladi.
II. Masala sharti o`qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va uni yechish rejasi tuziladi. Yechish jarayoni sinf doskasiga qayd qilinmaydi, o`quvchilar uni mustaqil ravishda daftarlarida bajaradilar.
III. Masala o`qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi. Yechish rejasi va yechish jarayoni o`quvchilar tamonidan mustaqil ravishda bajariladi.
IV. Masala matnini o`quvchilar mustaqil ravishda tahlil qilib yechish rejasini tuzib, yechishni bajarib, yechimni tekshiriladilar.



2.2. Algebraik masalalarni yechish usullari

1-masala. Ikki ishchi ma`lum muddatda 120 ta detal tayyorlashlari kerak edi. Ishchilardan biri ikkinchisiga qaraganda saotiga 2 tadan ortiq detal tayyorlab topshiriqni 5 soat oldin bajardi. Har bir ishchi soatiga nechtadan detal tayyorlagan?
Yechish:
- birinchi ishchi ishlagan vaqti,
ikkinchi ishchini ishlagan vaqti,
- birinchi ishchi tayyorlagan detallar soni,
- ikkinchi ishchi tayyorlagan detallar soni,
yuqoridagilarga asoslanib quyidagi tenglamani tuzishimiz mumkin.




= =

Bulardan I ishchi 20 soat ikkinchisi esa 15 soat ishlaganligi kelib chiqadi.
ta I ishchining 1 soatda tayyorlagan detallar soni.
= ta II ishchining 1 soatda tayyorlagan detallar soni.
Masalani yechib bo`lgandan keyin o`qituvchi masala mohiyatini quyidagi tartibda tushintirishi mumkin. Agar biror kishi topshirilgan ishni ortig`i bilan bajarsa, uning mehnat unumi ortib, unga to`lanadigan haq ham ortib boradi. Bu esa o`quvchilarni halol mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.
2-masala. Oldingi bahosi 25 so`m bo`lgan buyum ketma-ket ikki marta bir xil foizga arzonlashgach, u 20 so`m 25 tiyinga tushib qoldi. Har bir arzonlashishda baho necha foiz pasaygan?
Yechish. Baho har safar % ga pasaygan bo`lsin. Ravshanki, 0 bo`ladi. Bu birinchi arzonlashishdan keyin buyum bahosi oldingi bahosining qismiga kamayganini bildiradi. Demak, birinchi arzonlashishdan keyin buyum so`m turadi. Ikkinchi arzonlashishdan keyin esa, buyum
so`m turadi.
lekin, ikkita arzonlashishdan keyin buyum 20 so`m 25 tiyin turadi, ya`ni so`m.
Demak, tenglamaga ega bo`lamiz.
Tenglamani ildizlarni topamiz. Bu yerda chet ildiz bo`ladi. Chunki 0 va masala shartini faqat 10 qanoatlantiradi. Demak, baho har safar 10% ga kamaygan bo`ladi.
Javob: Baho har safar 10% ga kamaygan.
3-masala. Uchta eritmada spirtning (masala bo`yicha) foiz miqdorlari geometrik progressiyani tashkil qiladi. Agar birinchi, ikkinchi va uchunchi eritmalarni 2:3:4 massa nisbatida aralashtirilsa, u holda 32% spirtli eritma hosil bo`ladi. Agar ularni 3:2:1 massa nisbatida aralashtirilsa, u holda 22% spirtli eritma olinadi. Har bir eritmada necha foiz spirt bor?
Yechish. Birinchi eritma ikkinchisida uchinchisida spirt bo`lsin. Masala shartiga ko`ra , , sonlar geometrik progressiya tashkil qiladi, shuning uchun bo`ladi,
Birinchi eritmaning 1 grammida g spirt, ikkinchi eritmaning 1grammida g va uchunchi eritmaning 1 grammida g spirt bor. Agar biz birinchi eritmadan 2 g, ikkinchi eritmadan 3 g va uchunchi eritmadan 4 g olsak, 9 g aralashma olinadi. Bu aralashmada g spirt bor. Masala shartiga ko`ra olingan aralashmaning 32% i spirtdan iborat, g spirt bor.
Bu shartlardan tenglama hosil bo`ladi.
Huddi shuningdek, tenglama ham hosil bo`ladi.
Yuqoridagilar asosida:


tenglamalar sistemasini hosil qilamiz va uni yechamiz.
Birinchi ikkita tenglamani y va z bo`yicha yechib va olingan qiymatlarni uchinchi tenglamaga qo`yib, tenglamani hosil qilamiz. Hosil bo`lgan tenglamani yechib uning, ildizlarini topamiz. Lekin ildiz masala shartini qanoatlantirmaydi, chunki unga mos qiymat manfiy bo`yicha bo`ladi. Demak, faqat qoladi. U holda bu qiymat bo`yicha va ekanligi oson topiladi.
Javob: Birinchi eritmada 12%, ikkinchi eritmada 24%, uchunchi eritmada 48% spirt bor.
4- masala. Ikki A va B shaharlar orasidagi masofani yo`lovchi poyezdi yuk poyezdiga qaraganda 4 soat tez bosib o`tadi. Agar poyezdlarning har biri ikkinchisining butun yo`lni o`tishga ketgan vaqt mobaynida yursalar, yo`lovchi poyezdda yuk poyezdidan 280 km o`zi ketadi. Agar poyezdlarning har biri tezligini 10 km/soat ga oshirsa, u holda yo`lovchi poyezdi AB masofani yuk poyezdiga qaraganda 2 soat 24 minut tezroq bosib o`tgan bo`lar edi. A va B shaharlar orasidagi masofani toping.






1-chizma
Yechish: yo`lovchi poyezdining tezligini V1 km/soat, yuk poyezdining tezligini V2 km/soat, A va B shaharlar orasidagi masofani S bilan belgilaylik.
AB masofani yo`lovchi poyezdi soatda, yuk poyezdi soatda bosib o`tadi ( 1-chizma). Butun masofani yo`lovchi poyezdi yuk poyezdidan 4 soat tez bosib o`tishidan
(1)
tenglamaga ega bo`lamiz.
Agar poyezdlarning har biri ikkinchisi AB masofani o`tguncha yursa, yo`lovchi poyezdi V , yuk poyezdi esa V yo`l bosgan bo`lar edi (2- chizma).
Bunda yo`lovchi poyezdi yuk poyezdidan 280 km ilgarilab ketgani uchun





2-chizma
(2)

tenglamaga ega bo`lamiz.
Agar poyezdlarning har birining tezligining 10 km/soatga oshirilsa, u holda yo`lovchi poyezdi AB masofani soatda, yuk poyezdi soat mobaynida bosib o`tar edi (3-chizma). Bu sharaoitda AB masofani yo`lovchi poyezdi yuk poyezdidan 2 soat 24 minut tez bosib o`tganligi uchun
(3)
tenglamaga ega bo`lamiz.









3- chizma
Olingan tenglamalarni quyidagi sistema ko`rinishida yozamiz:
(4)
Bu uch noma`lumli uchta tenglamalar sistemasidan S ni topishimiz kerak.
Ko`rinib turibdiki, matnli masala uchun hosil qilingan matematik model uch noma`lumli uchta tenglamalar sistemasidan iborat bo`lgan

Oldingi sahifa | Sahifa 2 3 | Keyingi sahifa
Teglar: yechish masala uchun bilan mumkin bo96lgan holda masalalar orqali ishchi poyezdi bo96ladi masalaning Masalaning ikkinchi matematik masalani birinchi funksiyasi hosil