HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI 2 kurs qism  

  • Sana 20-07-15
  • Yuklangan 640
  • Fayl hajmi 1,48 MB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RÒA MAXSUS, KASB-HUNAR ÒA’LIMI MARKAZI

A. NURMONOV, N. MAHMUDOV,
A. SOBIROV, SH. YUSUPOVA

HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY ÒILI

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining
2-bosqich talabalari uchun darslik
Referat haqida toliq malumot:

HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI 2 kurs qism

qimmatlidir. Vaqtning qadrini bil. Ne yoziqki, ko‘p odamlar buning qadriga yetmaydilar. 7. Ishlagan kishi vaqt qiymatini, dangasalar esa vaqtlarining qiymatini bilmaydilar, o‘zlarini yomonliklardan qutqara olmaydilar. 8. Xayrli ishni niyat qilgan vaqtingda uning mevasiga shoshilma, toki hoy-u havasning shaytoni seni yengmasin.
(M. Kamol)



27-mashq. O‘qing. Matn ichidan ot, olmosh, fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlarni toping.

KIBRDAN SAQLANING

Mutakabbirlik qilish hech bir mo‘min bandaga hargiz durust ham, joiz ham ermas. «Men falonchidan kammanmi? U kim bo‘lib qolibdi?» deguvchilar eslasinlarki, Iblis Odam alayhissalomga sajda qilishdan bosh tortib: «Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilurmanmi?» dedi. («Isro» surasi, 61-oyat)
Yana aytdi: «Men undan yaxshiroqdurman». («Sod» surasi, 76-oyat) Endi agar suratda tavozelik qilib yurganlar bo‘lsa, o‘z ibodatlaridan g‘ururlanib, ko‘ngillarida o‘zlarini boshqa gunohkor bandalardan yuqori qo‘ymasun. O‘zining gunohlarini eslasun. Har bir odamni ko‘rganda shu odam avliyomikin deb o‘ylash lozimligini aytganlar o‘tmish ajdodlarimiz. «Nega Xudoyim falonchini qilgan gunohlari uchun azoblamas ekan?» deguvchilar va boshqalarni past ko‘rguvchilarga ushbu hikoyat ibrat bo‘lsin. Shayx Hasan Basriy rahmatullohu alayhi daryo bo‘ylab kelayotir erdilar. Sohilda bir erkak bir xotun birla sharob ichib o‘lturg‘onini ko‘rdilar. Shayxning ko‘ziga bul ish makruh, ya’ni xunuk bo‘lib ko‘rindi: «Bular nechuk bandalarki, erkak birla xotun kishi sharob ichib o‘ltirg‘ay?» deb o‘zini alardin baland ko‘rdi. Shu paytda daryoda bir kema g‘arq bo‘ldi. Kemadagilar: «Ey, Xudoning bandasi!» deb nido qildilar, ya’niki madad so‘radilar. Sharob ichguvchi kishi o‘zini daryog‘a tashlab kemadagilarni mollari birla olib chiqdi, magar bir kishi qolib ketdi. Sharob ichg‘on kishi Hasan Basriyning qoshig‘a kelib «Ul kishi senga qoldi» dedi. Shayx daryog‘a qadam qo‘ydi ersa suvg‘a botub ketdi, holo ilgari suvning ustida xuddi quruqliqdagi kabi yurib, hatto namoz ham o‘qig‘on erdi. Qo‘rqib daryodan chiqdi. Boyagi kishi yana daryog‘a tushib qolgan odamni ham qutqardi.
So‘ngra shayxga kelib aytdi: «Ey Hasan Basriy, bir martaba o‘zingni birovdan baland tutganing sababli daryog‘a botding, bundan so‘ng hargiz bundog‘ ish qilmag‘il. Ul ayol mening onam bo‘ladi. Seni sinamoq uchun onamni nomahram ko‘rsatib qo‘ydim. Ichg‘onimiz sut erdiki, sening ko‘zingga sharob qilib ko‘rsatdim».

28-mashq. She’rni badiiy o‘qish san’atiga rioya qilgan holda o‘qing, so‘ngra sifat turkumiga oid so‘zlarni topib, alohida yozib chiqing.

SEN MILLAÒNING MULKISAN

So‘zi qudratli, sirli,
Ham go‘zal, ham sehrli,
Go‘yoki tirik jondek,
Muhabbatli, mehrli,
Go‘zal, janona tilim,
Asl, durdona tilim.
Dilimiz tarjimoni,
Fikrimiz jism-u joni
So‘zlar bo‘lsak so‘zimiz,
Xaloskori, posboni,
Ona til, ona tilim,
Asl, durdona tilim.
Sen millatning mulkisan,
Chiroyisan, ko‘rkisan,
Fe’l-atvori, ruhini,

Uyga topshiriq. Òilxat va ma’lumotnomaga namuna yozib kelish.

Òayanch tushunchalar

so‘z turkumlari, mustaqil so‘z turkumlari, yordamchi so‘z tur¬kumlari, ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama, taqlid so‘z, modal so‘z, undov so‘z.





2-dars. ADABIY ÒIL HAQIDA MA’LUMOÒ.
ADABIY ÒIL SHAKLLARI

2.1. ADABIY ÒIL

Dars maqsadi: o‘quvchilarga adabiy til va uning shakllari haqida ma’lumotlar berish, ularni to‘g‘ri va yoqimli so‘zlashga o‘rgatish.

R e j a: * Adabiy til haqida ma’lumot.
* Xalq shevalari.
* Adabiy tilning xalq shevalaridan farqi.

1-topshiriq. Har millatning taraqqiysi ilm ila, nodon xalqning ko‘z yoshi marjon emish. (A. Avloniy)

Gapdagi so‘zlarni izohlab, adabiy til haqida fikr yuriting.

Har kuni radio va televideniye orqali turli axborotlarni eshitga¬ningizda, gazeta va jurnallar o‘qiganingizda, siz mansub bo‘lgan qishloq yoki shahar aholisi gaplashayotgan tilning radio, televideniye, matbuot tilidan ma’lum farq qiladigan tomonlarini payqaysiz. Bundan ko‘rinadiki, hozirgi o‘zbek tilimiz adabiy til va mahalliy xalq shevalarini o‘z ichiga oladi.

Òarixan tarkib topgan, qat’iy me’yorlarga bo‘ysunuvchi, so‘zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat’i nazar barchasi uchun umumiy bo‘lgan til adabiy til sanaladi.
Adabiy til har qanday tilning oliy shakli sanaladi va lug‘at tarkibining boyligi, grammatik qurilishining tartibga solinganligi, qat’iy me’yorlarga amal qilishi, uslubning rivojlanganligi bilan xarakterlanadi.
Bu jihatdan adabiy til xalq shevalariga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli mahalliy shevalar hisoblanadi.

Shevalar shu xususiyatlari bilan boshqa hududga mansub shevalardan va ayni paytda adabiy tildan farq qiladi.
Adabiy til xalq shevalaridan oziqlangan holda muttasil rivojlanib boradi. Demak, adabiy til xalq shevalaridan uzilgan til emas.
Adabiy til xalq shevalari negizida so‘z ustalari tomonidan umumlashtirish, qat’iy me’yorlarni ishlab chiqish yo‘li bilan hosil qilinadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili ko‘proq qarluq, qisman qiðchoq va o‘g‘uz shevalari negizida vujudga kelgan. Qarluq shevasi vakillari ko‘proq Farg‘ona vodiysi, Òoshkent, Samarqand, Qarshi shaharlari va ularning atroflaridagi hududlarda istiqomat qilishadi. Shuningdek, bu sheva vakillarini Markaziy Osiyoning bir qancha joylarida, xorijiy mamlakatlarda ham uchratish mumkin. Har bir ziyoli o‘zi mansub bo‘lgan hudud tili xususiyatlaridan qutulib, adabiy tilda gapirish ko‘nikmasiga ega bo‘lmog‘i lozim.
Masalan, ashi, kevotti, kelutti, kelopti, oka, aqa-baqa singari shakl¬larni nutqda qo‘llash so‘zlovchida nutq madaniyatining shakllanma¬ganligidan dalolat beradi.

Savol va topshiriqlar


1. Adabiy til nima va u xalq shevalaridan nimasi bilan farq qiladi?
2. Xalq shevalari deganda nimani tushunasiz va uning adabiy til bilan aloqasi qanday?
3. Siz mansub bo‘lgan shevaning adabiy tildan farq qiladigan tomonlarini ayting.

29-mashq. O‘z shevangizga xos so‘zlashuv uslubining belgilarini adabiy til me’yorlari bilan qiyoslang va farqlarini tushuntiring.

30-mashq. Quyidagi chizmani ko‘chiring. Ilova qilingan so‘zlarni o‘qib, ularni orfografiya qoidalariga rioya qilgan holda namunada ko‘rsatilganidek chizmani to‘ldiring.

N a m u n a



Ishga, tog‘ga, tikkan, ketgach, aeroport, tushunmoq, kom¬paniya, fikr, monolog, qutildi, ko‘m-ko‘k, o‘qibdi, so‘roq, sana, angla, terakka.

31-mashq. Eski adabiy tilda yozilgan baytlarni hozirgi adabiy tilga aylantiring.

So‘z guharig‘a erur anga sharaf,
Kim bo‘la olmas anga gavhar sadaf.
Òil bu chamanning varaqi lolasi,
So‘z dururidin bo‘lubon jolasi.

So‘zdin o‘likning tanida ruhi pok,
Ruh dog‘i tan aro so‘zdin halok.

Òurguzub o‘lgani kalomi fasih,
O‘zig‘a «jonbaxsh» laqab deb Masih.

Òengriki, insonni qilib ganji roz,
So‘z bila hayvondin anga imtiyoz.

G‘uncha og‘izliq, sanami no‘shlab,
So‘zdin agar aylasa, xomush lab.

Donayi dur so‘zini afsona bil,
So‘zni jahon bag‘rida durdona bil.
(«Hayrat ul-abror»dan)

32-mashq. Matnlardan keltirilgan parchalarni o‘qing. Shevaga xos so‘zlarda, adabiy tildan chekinish bo‘lgan holatni topib, ularning o‘rniga adabiy tildagi muqobilini qo‘ying. Shevaga xos so‘zlarning qaysi jihatdan farqlanishini izohlang.

1. — Xo‘p, — dedi Saidiy bir kecha Yo‘lchiboyga, — yerni oldingiz, peshonangizdan chorakorchilikni o‘chirdingiz, bordi-yu, zamon teskari bo‘lib ketsa nima bo‘ladi?
— Oq poshsho kelsa deysizmi?
— Bari bir-da... Boyni yomon ko‘radigan hukumat bilan, albatta, boyni yaxshi ko‘radigan poshsho urishadi. 2. Menikini ham olarmishsizlar, deb eshitdim. Agar oladigan bo‘lsanglar, javur, ukalar... Hukumat kambag‘alparvar bo‘lsa, men boy emas... 3. Saidiy hovlining sahniga burildi, dimog‘iga zirvak hidi keldi. 4. Domla qizini Saidiy tomon yo‘lladi.
— So‘rash, o‘rischa, znakom bo‘linglar... 5. Necha kundan beri kirib, ko‘r deyman, bu bevosh uyalaman, deb hech kirmaydi. 6. Yoqubjon javob bermay, qo‘lidagi o‘zi tergan bir necha satrni nabordan ottisk olish uchun press yoniga keldi. U qaytib kelib izoh bermoqchi edi, ammo metrenpaj ruxsatsiz harf terish mumkin emasligini aytib, ottisk olgani qo‘ymaganidan keyin, vyorstka tamom bo‘lguncha indamay, tergan naborini tarqatish bilan ovora bo‘ldi. 7. — Bu yashshamay o‘lgurning o‘zi yomon, — dedi opasi, mushtini yerga qadab, — sen bilan orani buzishga buzib boshiga ish tushgandan keyin biram o‘tirgani joy topolmay yurdiki... (A. Qahhor)
33-mashq. Jonli so‘zlashuv nutqiga xos so‘zlarni yozma adabiy tilda yozing.

N a m u n a: sevindi — suyundi.

Anjon — Andijon, Samarqan — Samarqand, asma— astma, do‘slik — do‘stlik, ishleman — ishlayman, telvizor — televizor, ko‘yni — ko‘ngli, obketaman — olib ketaman, to‘r — to‘rt, ishka — ishga, silar — sizlar, bo‘maydi — bo‘lmaydi, istudent — student, abzal — afzal, kexsa — keksa, mart — mard, dasro‘mol — dastro‘mol.
Yuqoridagi so‘zlar ishtirokida og‘zaki matn tuzing.

34-mashq. Hamzaning hajviy she’rini «nutq toni» (yuqori tantanavorlik, jo‘shqinlik)ga e’tibor bergan holda o‘qing.

MEVALAR MAJOROSI

Gilos haddan oshiqib,
Xafalikdan toshiqib,
Keldi o‘rik boshiga,
Musht ko‘tarib shoshiqib:
«Ey o‘rik, san so‘zlama,
— Maqtanmoqni ko‘zlama!
Yonboshingga bir tepay,
Bog‘ga hargiz yuzlama
G‘o‘rang qursin, kech bitar,
Yegan kishi tish sinar...

Yuqoridagi she’rdan xulosa qilib, eski adabiy tilning xalq tiliga qanday moslashganini tushuntiring.

35-mashq. Og‘zaki va yozma adabiy tilning rivojlanishida nutq turlari (monolog, dialoglar)ning ahamiyati bormi? Quyidagi monologik nutq fikrlaringizni isbotlash uchun asos bo‘lsin.

Said Ahmadning «Ufq» romanidagi Ikromjonning nutqidan namunalar:

— Yo‘q, hali bilagimda kuchim bor. Yuragimda o‘t so‘ngani yo‘q. Bu alamlarni, bu xo‘rliklarni oyoq ostiga olib toptamagunumcha yashashim shart. Yashayman! Boshimga tugamas savdolar solgan urush olovi o‘chganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishim shart. Shu yerda turib nemisga o‘q otaman. O‘qim qolmasa, qo‘ltiqtayog‘im bilan boshini yanchaman. O‘lish yo‘q. O‘lish — nomardlik. Nomard bo‘lib o‘lishni istamayman, istamayman...
— Yo‘q, bolam, men dardga chalinmayman. Men o‘lmayman. Òik bo‘lsam yurib, yiqilsam emaklab, yotib qolsam surilib hu o‘sha ufqqa boraman. Ufqdan turib Yozyovonimga bir qayrilib qarayman. Ufqqa bormay o‘lishim mumkin emas...
36-mashq. E. Vohidovning «Nutq haqida»gi she’rini yod oling. Oddiy so‘zlashuvda ishlatiladigan so‘zlarga e’tibor bering.

37-mashq. Badiiy asarlarda adabiy til bilan birgalikda og‘zaki so‘zlashuv tilining unsurlaridan ham keng foydalaniladi. Ushbu matndan ana shunday o‘rinlarni toping.

ÒABIB

«Nosir buva o‘rikdan yiqilib tushibdi», degan xabar juda tez tarqaldi. O‘g‘illari, qizlari, boringki, jamiki qarindosh-urug‘lari to‘p¬landi. Nosir buva yetmishga kirgandi. Shunday ekan, bu yog‘i ma’lum-da! Erkaklar bir-birlari bilan ma’noli bosh chayqashar, xotinlar burchak-burchaklarda «otamo‘-o‘-»lab yig‘lash mashqini boshlashdi. Busiz mumkin emas-da! Axir, yetmishga kirgan ota o‘rikdan yiqilib, so‘rida yotgancha inqillashni ham ja o‘rniga qo‘ymoqda. Faqat kampiri — Chaman xola beparvo. Qarib miyasi suyulib qolgan-da, shu pallada sigirining kanasini terish bilan band. Eshikdan o‘rtancha o‘g‘li Akramjon kirganidagina u sal sergaklandi. Akramjon onasiga bosh irg‘ab qo‘ydi-yu, boshqalarga qaramadiyam.
— Ota, tuzukmisiz? — bemorni turtib so‘radi u.
— Ixi, ixi, ixi! A-a-akram, s-s-senmisan? — ota ko‘zini xiyol ochdi.
— Menman, otam, menman.
— Rozi bo‘lasan endi, — deb vidolashganday ko‘zini yumdi.
— E, qayoqdagi gaplar bilan odamni qo‘rqitmang! — Akram qo‘l siltadi. — O‘rikdan yiqilganlarning hammasi o‘laversa — sanoqli odamlar qolardi bu dunyoda!
— Sen oldin men yiqilgan joyni ko‘rgin! — bemorning ovozi dadilroq yangradi. Hatto qo‘lini ko‘tarib o‘rikka imladi. — Hov anovi ayridan yiqildim!
— E, bu ayri nima bo‘libdi! — Akram o‘rik tomon yurib, shart shoxga chiqdi. — Shu yerdan yiqildingizmi? —so‘radi yana u.
— Ha, ha...
— Bu yerdan yiqilgan odam o‘lmaydi.
— O‘ladimi? Bo‘lmasa menam tashlayman, o‘laman, birgalashib ketamiz. Mana qarab turing! — deb Akram tashlamoqchi bo‘ldi.
— Hay-hay-hay! — Nosir buva qaydan g‘ayrat topdi o‘mganini ko‘tarib qo‘l siltay ketdi. — O‘lmaydikan, o‘lmaydikan! Òashlama, mana, men, o‘lmadim-ku!?
— O‘lmasa ham et-beti lat yeydi, o‘n-o‘n besh kun oh-voh deb ko‘rgani kelganlarning ovqatini yeb mazza qilib yotadi! Menam bekorchiman, ota, hasratlashib yotamiz-da. Qarab turing!
— Yo‘-yo‘-yo‘q! Lat ham yemas ekan, mana! — bemor o‘rnidan dast turib ketdi. — Qara, hamma yog‘im sog‘-u salomat! Òush!
Akramjon o‘rikdan tushdi. O‘g‘il-qizlar, qarindoshlar qo‘l siltashib jo‘nab qolishdi. Chaman xola qo‘li bilan Akramjonning yelkasiga qoqdi:
— Akram, yaxshiyam sen borsan, bolam. Bilardim otang, o‘lmasdi, ammo «oh-voh» qilib yotib olardi. Uch oy kasal boqardik.

(Said Anvar)

38-mashq. So‘zlashuv nutqiga xos qisqargan so‘z shakllarini orfoepik me’yorlarga muvofiq talaffuz qiling, so‘ngra ular ishtirokida gaplar tuzing.

Olvoling, ketvordi, kemayapti, kamayiðti, daraxtti, ishlamedi, boriylar, turmayladi, isrop qimeylik, tayarlandi, ardoladi, ketomadi, g‘iyvat

Òayanch tushunchalar

adabiy til, sheva, lahja.

2.2. ADABII ÒIL SHAKLLARI

Dars maqsadi: o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqini shakllantirish, ularda shunday ko‘nikmalar hosil qilish.

R e j a: * Adabiy til shakllari.
* Yozma adabiy til va uning turlari.
* Og‘zaki adabiy til va uning turlari.

Adabiy til yozma va og‘zaki shakllarga ega bo‘ladi.

Harflar vositasida yozma ravishda bayon qilinuvchi adabiy til yozma adabiy til sanaladi.
Masalan, gazeta-jurnallar tili, ish qog‘ozlari tili va boshqalar.
Òovushlar vositasida og‘zaki ravishda bayon qilinuvchi adabiy til shakliga og‘zaki adabiy til deyiladi.
Masalan, radio, televideniye orqali uzatiluvchi suxandon yoki jurnalist nutqi va hokazolar.
Adabiy tilning rivojlanishida badiiy asarlarning xizmati katta, chunki adabiy til me’yorlarining shakllanishida adabiyotning ta’siri kuchli bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan adabiy til bilan badiiy til bir narsa emas. Badiiy tilda adabiy til bilan birgalikda turli shevalarga yoki kasb-hunarga mansub personajlar nutqi ham ishtirok etadi.
Masalan,

Odamlar aqlining chirog‘i bilim,
Balodan saqlanish yarog‘i bilim.
(Rudakiy)

Badiiy til (badiiy nutq), adabiy tilning og‘zaki so‘zlashuv uslubi, publitsistik uslub, rasmiy uslub singari uslublardan biri, ya’ni badiiy uslub sanaladi. Ko‘rinadiki, adabiy til badiiy tildan kengroq tushuncha bo‘lib, badiiy tilni ham o‘z ichiga oladi.

Savol va topshiriqlar

1. Yozma adabiy til nima?
2. Og‘zaki adabiy til deganda nimani tushunasiz?
3. Badiiy til bilan adabiy til bir narsami?
4. Adabiy tilning qanday uslublarini bilasiz?

39-mashq. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib siz ham «Suxandonlik daqiqalar»ini o‘tkazing.

40-mashq. Keltirilgan misollardan shevalarga va kasb-hunarga xos so‘zlar ishlatilgan o‘rinlarni aniqlang va tushuntiring.

1. Dukchi eshon hamma vaqt bo‘z ko‘ynak va ishton bilan malla to‘n kiyar edi. Boshiga kichik salla va kuloh kiyib, bo‘zi mahsi — kavush kiyar edi, hech vaqt yangi va yaxshi iðakli to‘n kiymas edi. (F. Otabekov)
2. Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko‘ngli bahorning iliq hovuri bilan ochila tushkan: endi, ustiga poxol to‘shalgan aravada bo‘lsa ham, allaqaylarga, dala-qirlarga chiqib yayrashni tusay boshlagan edi.
3. So‘fi uyga kirgandan keyin sallasini Qurbon bibiga uzatib, ustidagi malla yaxtagini olisdan turib kartga irg‘itdi.
4. Qizlarning bu «ittik» (o‘tkir zo‘r) payloqchisini ko‘plashib uyg‘otdilar, aravadan ko‘plashib tushirdilar.
5. Men buvizdan beruxsat mehmon chaqirmayman.
6. Kech payt men o‘zim kirib, Enaxonga aytib qo‘yaman.
7. Xudovandi karim, bu erkaklarni muncha yaxshi ko‘rar ekan, a..?
8. Odmi kiyimda ko‘rganlar yo oddiy bir qishloq boyi, yo Yettisuv bilan aloqasi bor qo‘ychi, tuyachi deb o‘ylaydilar.
9. «Uziqararoq» xotin uchrab bir chang solsa, hech narsa qolmaydi.
10. Shunday aziz cho‘qqat «xizmat haqi» besh ming so‘mlarga yetib boradigan bir «ish» topib keldi. (A. Cho‘lpon)
41-mashq. «Zumrad bahor» mavzusida xalq shevalariga hamda adabiy tilga asoslangan ikki matn tuzing. Har ikki matnning farqini tushuntiring.

42-mashq. Adabiy til me’yorlariga rioya qilinmagan so‘zlarni toping. Muallif nima uchun adabiy til me’yorlariga rioya qilmagan? Buning matn uchun qanday ahamiyati bor?

Otabek boyagi yarim vaziyatini buzmay so‘radi:
— Zaynabning so‘ziga Siz ishondingizmi?
— Ishonmaydirg‘on gapmi?
— Yaxshi, men unga shunday deb aytgan ham bo‘layin, lekin shunda ham Sizning xafalanishingiz menga qiziq tuyuladir. Ayniqsa, sizdan gap... Kumush ishonmadi. Otabek uning orqa sochidan tutib:
— Qani, gapiring-chi menga, orangizdan bir gap o‘tdimi, — deb so‘radi.
— Ha, o‘tdi, — dedi Kumush va chetga qarab kulimsiradi.
— O‘n besh kun bo‘lmasdan?
— Mendan boshqa xotin bo‘lsa, Zaynabingiz bilan birinchi kundanoq arazlashar edi...
— Xudo xayringizni bersin...
— Kesatmang.
— Kesatmasam gapiring.
Kumushning raqobati biroz tushgan edi, uch-to‘rt kunlik mojarodan yaxshig‘ina hasrat ochildi. Otabek hasratni yarim jiddiy tinglab bordi. Zaynabning keyingi so‘zi va so‘ng‘i yelpitish fojialari ham hasrat qoliðig‘a birma-bir kirib chiqdi. Hasrat tug‘ilg‘ondan so‘ng Otabekning yuzidagi boyagi yarimjiddiylik ketib, uning o‘rnini o‘ychanlik oldi. Ul shu holatda anchagina so‘zsiz qoldi va oxirida o‘zidan natija kutib o‘ltirg‘uvchi Kumushga qarab, kulib qo‘ydi.
— Nega kulasiz?
— Chunki yig‘lamoqqa arzimaydi. Kumushning qoshlari chimirildi:
— Zaynabingizning bu qilig‘ig‘a men chidolmayman.
— Chidash va chidamasni hozircha bir tarafga qo‘yib turayliq, — dedi Otabek. — Ammo hammadan ilgari Sizdan so‘rayman: Menga ishonchingiz bormi?
— Bor, ham yo‘q, — dedi Kumush.
...Kumush uyalgannomo yuzini chetga burdi. Otabek tovushini sekinlatib davom etdi:
— O‘tgan kun Sizdan «Òoshkentda qolasizmi, yo‘qmi?» deb so‘rag‘onim ham faqat shunga o‘xshash gaplar bilan Siz xafa bo‘lmang, deb aytilgan edi.
(A. Qodiriy)
43-mashq. Quyidagi fikrlarning mag‘zini chaqing. Uni misollar bilan tushuntiring.

Xalq tili adabiy tilimizning ichki oziqlantiruvchi hayotbaxsh manbayidir. Xalq tiliga asoslangan adabiy til qotib qolgan emas, u o‘zgaradi, boyib boradi va takomillashadi.

44-mashq. Matnni ko‘chiring. Badiiy til xalq tilidan qanday farqlanishini bilib oling.

Manzura toliqqan bo‘lishiga qaramay tunda uxlay olmadi. Yumshoq o‘rin unga tikanzor kabi tuyildi. Oilasidan ilk karra uzoqroq ketgani uchun qalbi notinch edi. Bezovta yurak yurtidagi noxushliklarni sezib, vujudini beholgina titratib turardi. Shu azobdan qiynalgan Manzuraga bu shaharning tuni behad uzunday tuyildi. Uy isib ketib, nafas olishga arzir havo qolmaganday bo‘ldi. O‘rnidan turib, peshayvonga chiqa¬digan eshikni ochdi. Yuziga salqin shabada urildi, orom oldi.

Oldingi sahifa | Sahifa 2 èç 27 | Keyingi sahifa
Teglar: bilan uchun so‘zlar qanday Masalan haqida bo‘lib bo‘ladi ma’no ularning uning bo‘lgan hosil o‘qing so‘zlarni yozing bo‘lsa ko‘ra mumkin ayting