Umumiy psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifasi  

  • Sana 7-01-16
  • Yuklangan 342
  • Fayl hajmi 24,10 kB
1.Umumiy psixologiya Fani nimadan baxs qiladi.
2. Psixik hodisalar va ularning mohiyati
3. Umumiy psixologiya fanining maqsadi.
4. Umumiy psixologiya fanining vazifalari.
5. Psixologiyaning ilmiy tekshirish metodlari.
Referat haqida toliq malumot:

Umumiy psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifasi

(omilni) yana bir marotaba takidlash orinliki, il-miy psixologiyada katta hajmdagi materiallar, shu jumladan, qonu-niyatlar, xususiyatlar umumlashtiriladi, insonning ichki imkoniya-ti, istedodi, ishchanligi, qobiliyati yuzasidan umuminsoniy tav-sifga ega bolgan teran xulosalar chiqariladi. Buning natijasida odam psixikasini aniklash, bashorat qilish, ayrim ruhiy nuqson-larni tuzatish, noxush kechinmalarning oldini olish imkoniyati tu-giladi, bu esa ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik boglanishlar mohi-yatini oqilona tavsiflash uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy va yakka-hol turmush ogirliklari va tashvishlarini kamaytirish, akdiy hamda jismoniy zoriqishlarni pasaytirish, shaxslararo nizolarni barta-raf etish singari say-harakatlarni faqat ilmiy psixologik mate-riallarga asoslangan holda amalga oshirish mumkin.
Shuning uchun psixologiyaning turli sohalari (yosh psixologiyasi. pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, sostial psixologiya va boshqalar)da otkazilgan tadqiqot ishlari ilmiy asosda psixika, psixik holat, psixik hodisa, psixik jarayon, psixik funkstiya, psi-xik xususiyat, ijodiyot, faoliyat, ong, xulq, muomala singari tushun-chalar boyicha materiallar toplab beradi, shuningdek, psixik aks et-tirishning (fizik, fiziologik, psixik, ong, ozini ozi anglash) moddiy asoslari, mexanizmlari yuzasidan qonuniyat ochishga imkon yaratadi, hatto insonning ozligini anglash va boshqarish sari etak-laydi.
Endi psixologiya fanining predmeti togrisidagi savolga javob berishga harakat qilaylik. Malumki, psixologiya tarixida bu mu-ammoni taxlil qilishga bagishlangan son-sanoqsiztadqiqotlar mav-juddir. Lekin ular haqida batafsil fikr yuritmoqchi emasmiz, chun-ki bu narsa navbatdagi paragrafda berilishi rejalashtirilgan.
Psixologiya (yunoncha r5usNe1oo$) sozini ozbek tiliga tarjima qilsak, u jon, ruh haqidagi fan, talimot degan mano angla-tadi. Biroq hozirgi davrda jon tushunchasi orniga psixikani qollashda davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan jon, psixika tushunchalari aynan bir xil manoni bildiradi. Lekin psixika tushunchasi bugungi kunda jondan kengroq kolamga ega bolib, ham kozga korinuvchi, ham kozga korinmovchi tomonlarini ozida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, muo-mala yaqqol namoyon bolish xususiyatiga ega bolsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechimalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular kozga korinmaydi. Psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti ular ortasida bir talay ta-fovutlarni keltirib chiqardi.
Psixika togrisida dastlabki tasavvurga ega bolish uchun dastavval psixik hodisalar mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik hodi-salar deganda ichki, subektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bolishi tushuniladi, boshqacha soz bilan aytganda, psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, subektiv tajriba-ning ozi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki zerikish tuygu-lari, uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosini tarkibiy qismlari-dir, yani bularning hammasi subektiv psixik hodisalar sanaladi.
Subektiv hodisalarning asosiy xususiyati ularning bevosita subektga taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa, xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davr-ning ozida tushunib (kuzatib) ham turadi. Inson intilsa, ikkilan-sa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bolayotganligi-ni anglab turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning ru-hiyatimizda sodir bolishidan tashqari, ular bevosita koz ongimizda namoyon bolib turadi. Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyo-sida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning tomoshabini hisoblanadi.
Yuqorida takidlab otilgan subektiv hodisalar xususiyatidan kelib chiqqan holda ayrim psixologlar psixologiya fani subektiv kechinmalarning paydo bolishi va ularning kechishi bilan shugulla-nishi zarur, uning asosiy metodi ozini ozi kuzatish (shaxsning oz fikrlari, his-tuygulari va xatti-harakatlarini ozi kuzatishi) bolmogi kerak, degan xulosaga keladilar. Lekin psixologiya fani-ning keyingi davrdagi taraqqiyoti bunday cheklanganlik fanni mut-laqo taminlay olmasligini tasdiqladi.
Psixikaning turli shakllarda korinishi, jumladan, psixik ja-rayonlar, anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunon-cha psyche jon, somoto tana manosini anglatadi) hodisalar, inson akl-zakovati va qolining mojizakorligi moddiy va mana-viy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday faktlarda (voqelikda), hodisalarda psixika namoyon boladi, ozining xususiyatlarini ajra-tadi, faqat ular orqaligina psixikani organish mumkin.
Psixologik voqelik-fakt deganda subektning ichki kechinmala-rining tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ularning obektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati, jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini organish tushuniladi. Boshqacha soz bilan aytganda, inson ongidan tashqari, unga bogliq bolmagan holda hukm suruvchi obektiv borliq, yani atrofimizdagi narsa va hodisa-lar, muhit, sharoit va boshqalarning psixikada aks etishi psixolo-gik voqelik deb ataladi.
Shunday qilib, yuqorida biz psixologiya togrisidagi tasavvurlar, uning predmeti hamda unga kiruvchi ilmiy tushunchalar, psixologik holatlar, voqelik yuzasidan fikr almashdik, ilmiy psixologik materiallar ortasidagi bogliqlik va tafovut boyicha mulohaza yurit-dik.

Adabiyotlar royxati:

1..Karimov I.A Yuksak manaviyat engilmas kuch. Toshkent ,2008 yil.
2..Karimov I.A XXI asr bosagasida. Toshkent 1997 yil.
3..Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent 1999 yil.
4. Karimov I.A. Barkamol avlod Ozbekiston kelajagining poydevori.Toshkent
5.Rubnshteyn S.L Osnovi obshaya psixologiya 1998 god.

Oldingi sahifa | Sahifa 2 2
Teglar: psixologik bilan psixologiya ilmiy bilimlar psixik uchun inson ichki ularning ozini uning hodisalar turmush qilish muayyan lotincha fanining namoyon mumkin