Amir Temur va temuriylar davridagi odob-axloq va tarbiyasi to`g`risidagi  

  • Sana 7-01-13
  • Yuklangan 645
  • Fayl hajmi 170,22 kB

          KIRISH

          ASOSIY QISM

 

1. Sohibqiron Amir Temur ulug` zot sifatida.

2. Amir Temurning bunyodkorlik ishlari.

3. Amir Temurning odob-axloq, ta`lim - tarbiya to`g`risidagi o`gitlari.

4. Mavzuga doir dars ishlanmasi.

 

          XULOSA

          FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

 

Referat haqida toliq malumot:

Amir Temur va temuriylar davridagi odob-axloq va tarbiyasi to`g`risidagi

qishloqlarni barpo etdi va ularga nisbatan Samarqandning tutgan mavqeini ko`rsatib berdi. Uning fikricha, Samarqand kattaligi, go`zalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog`i lozim edi.

Bu davrda olib borilgan bunyodkorlik ishlarining deyarli barchasida ilmiy loyiha, me`moriy-badiiy yechim, nur va soya uslublari yuksak darajada ishlab chiqilgan hamda bu

qurilishlar aniq rejalar asosida olib borilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, 1397 yil bahorida Amir Temur Samarqandning mashhur bog`laridan biri «Bog`i Shamol»da ajoyib bir saroy qurdirgan. Qurilishni tezroq nihoyasiga yetkazish uchun nafaqat me`morlar, balki askarlar ham jalb etilgan. O`zi esa ish borishini nazorat qilib turish uchun qurilish maydoniga chodir tikdiradi.

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Samarqandning janub tomonida «Bog`i Behisht» saroyi bo`lgan. Ushbu saroy handaq bilan ihota qilingan sun`iy tepa ustiga Tabrizning sof oq marmaridan bino etilgan. Bir necha ko`priklar shu boqqa ulangan, bir tomonida hayvonot bog`i qurilgan. Temur bu saroyni Mironshohning qiziga hadya qilgan.

Shuningdek, u Konigil dashtida ilgari mashhur bo`lgan barcha bog`lardan go`zal bir bog` yaratdi. Uning anjirlaru boshqa turli mevali daraxtlari soya tashlab turgan uzun yo`laklaridan o`tib, atrofi baland oq marmar ustunlar bilan o`ralgan bir qasrga borilgan. Amir Temur bog` o`zi o`ylaganidek chiqqanligini ko`rgach, unga «Bog`i Dilkusho», ya`ni «Dilga quvonch baxsh etuvchi bog`» deya nom beradi.

U Kesh yo`li ustidagi haybatli qoya ustiga ham ajoyib bir saroy qurdiradi. Devorlari marmar va oq koshin bilan qoplandi. Bu saroyni zilol buloqlardan suv ichgan yam-yashil bog` o`rab turar edi. Temur bu boqqa «Taxti qoracha» deb nom qo`ydi.

Sohibqiron Amir Temur davrida hammasi bo`lib Samarqand atrofida 12 ta go`zal va betakror bog` barpo etilgan. Bular «Bog`i Naqshi Jahon», «Bog`i Behisht», «Bog`i

Shamol», «Bog`i Davlatobod», «Bog`i Buldu», «Bog`i Maydon», «Bog`i Baland», «Bog`i Chinor», «Bog`i Jahon Namo», «Bog`i Nau» bo`lib, ular uchun o`rin tanlashda joyning bahavoligi, baland-pastligi, suv manbaining oz-ko`pligi va tabiatning boshqa hususiyatlariga alohida e`tibor berilgan.

Ma`lumotlarga qaraganda Amir Temur davrida Samarqand bog`lari ikki xil ko`rinishda qurilgan.

 

1. Geometrik shaklda tartib berilgan chorbog`lar. Bu ko`rinishdagi bog`lar to`rtburchak shaklida qurilib, maydoni 1x1 km.ni tashkil etgan.

 

2. Tabiat xushmanzaralari asosida tashkil topgan bog`lar tabiiy holatga barpo qilingan. Bu bog`lar maydoni tartibli bog`larnikiga nisbatan kengroq bo`lgan. Zarafshon daryosi, Darg`om Abbos, Qoraunas kanallari va Obirahmat, Bog`i Shamol, Bog`i Baland ariqlari bog`larni suv bilan ta`minlagan.

 

Ariqlardan tashqari bog`larning turli qismlaridan o`rin olgan hovuzlar (25x25 : 32x64 m.), favvoralar (4x4 : 5x5 m.), shuningdek, bog` o`rtasida joylashgan saroylarni o`rab turgan suv havzalari (xandaqlar kengligi — 20-25 m.) bog`larga fayz kiritishi bilan birga havosini musaffolashtirgan, miqroiqlim yaratgan.

Sohibqironning Konigil maydonida chodirlardan katta ko`chma shahar qurgani uning me`morchilik san`atining muhim qirralaridan biri hisoblanadi. Bu shaharning o`z uylari, ko`chalari, maydonlari va bozorlari bor edi. Shahar qoq markazidan Sohibqironning chodiri joy olgan.

Klavixo o`z kundaliklarida bir-biridan go`zal chodirlarni ta`riflab, ulardan birining sirti olmaxon mo`ynasi, ichkarisi oq mo`yna bilan bezatilgani, yana boshqa chodirning suvsar mo`ynasi bilan qoplangani, chodir ichkarisidagilar oynadan tashqarini ko`ra olishlari,

tashqaridagilar esa ichkaridagilarni ko`ra olmasligi, maxsus moslama bilan qurilgan eshiklar chodir ichiga yoqimli yelvizak berib turishi, chodirlardan tashqariga chiqmay maxsus matolardan qurilgan yo`laklardan boshqa chodirlarga o`tish mumkinligini ta`kidlagan.Ibn Arabshoh chodirlar va o`rab turgan saroy (matodan ishlangan to`siq)ni shunday ta`riflaydi: «Temur amr qildi, uning surodiqalarini bu yashnagan jahon markazi qilib qo`ydilarki, go`yo u ushbu aylanayotgan falak doirasining (markaziy) nuqtasi bo`ldi. Bu qurilgan chodirlar va o`tovlar ustidagi atrofi o`ralib o`rnatilgan bir ko`tarma edi. Unda katta darvoza bo`lib, u orqali ichidagi mavjud joy va manzillarga keng dahliz bo`ylab kirilardi. Bu dargohning ichkarisiga Temur uchun bir qancha chodir, xayma va o`tovlar tikdilar.

Shular jumlasidan bir chodir bor ediki, uning yuqoriyu quyisiga oltin bilan zarhal berilib, ichiyu sirti nafis patlar bilan bezatilgan edi. Chodirlardan yana biri batamom harirdan tikilib, turli-tuman naqshlar, xilma-xil alvonli bo`yoqlar bilan bezalib to`qilgan, yana boshqa biriga boshidan oxirigacha yirik marvaridlar qadalganki, ularning har bir donasining qiymatini barcha asrorlar bilimdoni (tangri)dan boshqa hech kim bilmaydi, yana bir tillo bo`laklari ustida turli-tuman javohirlar bilan shunday bezatilganki, u odamzod ko`zini o`ynatib, aqlini lol etardi.

Chodirlardan iborat bu shaharchaning ichki dizayni ham shohona va san`atkorona tuzilgan edi. Chodirdan birining ichki tuzilishini Ibn Arabshoh yana shunday ta`riflaydi: «Balandligi odam ko`kragiga keladigan marvarid durlar bilan bezatilgan tilla sandiq. Bu sandiqda quloqli tilla piyolalar mavjud. Sandiqning bir kichik eshigi bo`lib, ichiga quloqli oltita piyola qo`yilgan. Sandiq tepasida oltita oltin ko`za, oltita oltin piyola, sandiq yonida balandligi bir qarich keladigan oltin piyola, unga ikki qarich zumrad o`rnatilgan. Xontaxta qarshisida eman daraxti shaklida odam oyog`i yo`g`onligida yasalgan oltin daraxt, balandligi odam bo`yi, mevalari sarg`ish, qizil, zangori yoqutlar, zumradlar, firuzalar, nihoyatda san`atkorona qo`yilgan...»

Temuriylar davri san`atining yorqin timsoli bo`lmish ushbu chodir shaharda hatto ko`chma masjid ham o`rnatilgan. U ikki qavat bo`lib, gir aylanasi yog`och yo`laklar va ayvonlardan ibrat. Masjid boshdan oyoq tilla va lojuvard rangli naqshlar bilan bezatilgan bo`lib, uni istalgan paytda yig`ish mumkin edi.

Ibn Arabshohning aytishicha, bu afsonaviy chodir shaharchada hunarmandlar o`zlarining shoh asarlarini namoyish qilganlar. «Bir qamish to`quvchi hunarmand (qamishdan) mukammal qurol-yarog`li bir otliqni yasab chiqardi va uning suratini kamoliga yetkazib, hatto tirnoqlariyu kipriklarini ham yasadi. Unga (otliqqa) zarur bo`lgan qurol-yarog`lardan yoy, qilich va boshqa taalluqli narsalarning hammasini daqiq usulda kamoliga yetkazib yasadi. Ushbu anjomlarning barchasi qamishdan edi».

 

Xulosa o`rnida shuni ta`kidlamoqchimizki, Amir Temurning davlat boshqaruvida bunyodkorlik muhim yo`nalishlardan hisoblangan. Oqsaroy binosi peshtog`iga yozilgan «Qudratimizga shubhangiz bo`lsa, qurdirgan imoratlarimizga boqing» degan xitobda ham mana shu haqiqat mujassamlashgan.

Bu qurilishlar Amir Temurning tafakkuri, kuchi, ilmi, irodasi, tashkilotchiligi, qalbining nozikligi, etikasi, san`ati va eng asosiysi, buyuk hukmdor bo`lgani, bu davrda mukammal davlat boshqaruv asoslari qurilganidan dalolat beradi.

Sohibqiron Amir Temurning Samarqandni zamin sayqaliga aylantirish ezgu niyati istiqlol yillarida tom ma`noda ro`yobga chiqdi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Samarqandda ulug` bunyodkorlik ishlari olib borildi. Obidalar manbalar asosida asl holida

tiklandi, ularga uyg`un zamonaviy inshootlar barpo qilindi, ulkan ko`kalamzorlashtirish va obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Tarixiy adolat tiklanib, Samarqandning 2750 yilligi, Imom Buxoriy, Moturidiy, Amir Temur, Mirzo Ulug`bekning tavallud to`ylari nishonlandi. Shahar markazida Amir Temur haykali o`rnatildi. Shu munosabat bilan qadim shahar yanada navqironlashdi, Samarqand nafaqat o`tmishida, balki hozir ham yer yuzining abadiy sayqalidir.

 

Amir Temurning odob-axloq, ta`lim - tarbiya to`g`risidagi o`gitlari. 

     Amir Temur ko`ragon ibn amir Tarag`ay 1336 yilning 9 aprelida o`sha paytlardagi Kesh (Shahrisabz) ga qarashli Xojailg`or (bu qishloq hozir Yakkabog` tumaniga qaraydi) qishlog`ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag`ay o`ziga to`q, badavlat kishi edi. Lekin bo`lajak sohibqiron tavallud topgan paytda Qozonxon (1333-1346) huzurida kichik bir mansabga ega edi. Amirning onasi Tegina Begim Buxorolik "Sadr ash sha`ri`a-shariat" ulug`i, taniqli olim Ubaydullohning qizi bo`lgan. O`sha paytda Kesh va unga tobe` yerlarning bekligi esa Amir Tarag`ayning og`asi Hoji Barlosning qo`lida edi.

"Zubdat at-tavorix"(Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfulloh ibn Abdurashid-laqabi Hofizi Abdu, vafoti 830427 y.) da yozilishicha, shajaraning Amir Sohibqiron tarmog`i Chingizxon ajdodlaridan Tumanoyxon (Tumanxon) farzandlaridan boshlab ajraldi. Jumladan, Qobilxon Jahongir podshoh Chingizxonning III-chi otasi va uning birodari Qachuloy no`yon esa, Amir Sohibqironning sakkizinchi otasidir.

Barloslar qabilasining nomi ham Qachuloy no`yondan bosh-langan. Chingizxon o`zining ikkinchi o`g`li Chig`atoyxonni Turkiston va Movarounnahr mamlakatlariga hukmdor qilib

 

tayinlaganda, amir Sohibqironning beshinchi otasi Qarachor no`yon uning lashkarboshisi bo`lgan va "amir ul-umaro" ("amirlar amiri”) degan unvon olgan.

Keyinchalik Chig`atoy ulusida hokimiyat uchun ichki nizolar kuchayib ketganligi sababli, Qarachor no`yonning farzandlari va qavm-qarindoshlari Kesh viloyatiga kelib, o`rnashib, shu yerda yashab qolganlar, uning avlodlari o`sha viloyatni boshqarganlar, "Zubdat at-tavorix"da Qarachor no`yonning farzandlari ko`p bo`lganligi qayd etilib, ulardan o`n to`qqiz o`g`ilning nomini, shu o`g`illardan tarqalgan keyingi avlodning mashhurroqlarini sanab, ayrimlarining shajarasi to o`zi yashab turgan davrgacha davom ettirilgan va ularning qanday mavqeni egallab turganliklari qayd etiladi. Jumladan, Qarachor no`yonning oltinchi o`g`li Injil no`yon bo`lgan va uning farzandlaridan biri Iylangiz no`yon (Ilangiz)dir. Bu no`yonning bir necha farzandlari bo`lib, ulardan biri Sohibqironning bobosi Burkul no`yondir. Uning ikki o`g`li bo`lgan: biri-Bolta, ikkinchisi Tarag`ay no`yon" ya`ni Amir Temurning otasi. Tarag`ay no`yonning to`rt o`g`li va ikki qizi bor edi: o`g`illari - Amir Temur, Suyurg`atmish, Olamshayx, Jo`gi no`yon, qizlari - Qutlug` Turkon og`a, Sherbik og`a, Amir Temur farzandlar orasida to`ng`ichi bo`lgan Amir Temur yoshlikdan ilm ahliga juda katta e`tibor bergan.

Tarixlar, hikoyatlar, qissalar va rivoyatlar tinglamaqqa mayli ko`p adabiyot, san`atni, harbiy ishlarni jon-dildan sevgan, o`ta zukko, oqilu-dono, fahm-farosatli, ayni chog`da dovyurak, jasur bo`lgan ammo, Temurning yoshlik va o`smirlik, yigitlik yillari Chig`atoy ulusi og`ir ijtimoiy-siyosiy bo`ron iskanjasiga tushib qolgan davrlarga to`g`ri keldi. Ulus ichidagi notinchlik Qozonxon davriga kelib o`zaro feodal urushlarning avj olib ketishiga olib keldi. Hokimiyat uchun kurash, ayniqsa, xon bilan uning bosh amiri (amir ul-umarosi) Qazag`on o`rtasida. kuchli bo`ldi. O`zaro nifoq va kelishmovchilik urushga aylandi.

Amir Qazag`on ancha kuchli qo`shinga ega edi. Uning o`g`li Abdulloh ham yon-atrofdagi o`lkalarga xujum qilib, o`z mulkini kengaytirishga . intilar edi. Jumladan, u 1353 yilda Xorazmni bosib olib, u erda o`z. hukmini joriy etadi, 1357 yilga kelib, ikkinchi mo`g`ul amiri Qutlug` Temur Bulday amir Qazag`onni yasoqqa etkazadi. Amir Qazag`on o`rniga taxtga chiqqan amir Abdulloh saroyida fisqi-fujur zo`rayadi. "Natijada mo`g`ul hokimlari faqat hokimiyat, taxt talashibgina qolmay ishratparastlik, maishatparastlik bobida ham yuz tuban keta boshlaydilar.

Mo`g`ul faodallarining o`zaro nizolari va ishratparstliklarini ko`rib, bilib turgan turkiy

.xalqlarning nufuzli vakillari jim turolmas edilar, albatta. Ular ham asta-sekin siyosiy kurashlarga aralasha boshladilar. 1358 yilda amir Abdulloh ibn Qazag`onga qarshi kurash boshlagan mo`g`ul amiri Bayon Sulduz yonida turkiy aholinnng yetakchilaridan biri amir Hoji Barlos ham bo`lganligi buning dalil-isbotidir.

Kesh (Shahrisbz) viloyatining hokimi Amir Temurning amakisi Hoji Barlos edi. Tarixiy manbalarda ko`rsatilishicha, Hoji Barlos mo`g`ullarga qarshi kurashish uchun qulay imkoniyatlarni qo`ldan bermagan. Uning Bayon Sulduz bilan birlashib qilgan jangida Abdulloh ibn Qazag`on yengiladi.

Bayon Sulduz va Hoji Barlosning Shahrisabz va Qarshi hokimligini qo`lga kiritishi 1358 yillarga to`g`ri keladi. Ammo bu unchalik uzoqqa bormaydi. Mustaqillik da`vo qilayotgan barloslarni tiyib qo`yish uchun Sharqiy Turkiston xoni To`klug` Temur katta qo`shin bilan bostirib kela boshlaydi. Hoji Barlos bundan qo`rqib, Xurosonga qochadi. Uni Amudaryo bo`yigacha kuzatib qo`yganlar orasida Amir Temur ham bor edi. Ammo u o`ziga sodiq kishilar bilan iziga qaytadi. Temur ibn Tarag`ay birinchi bor ana shu og`ir vaziyatda sinovdan o`tadi.

Hoji Barlos Xurosonga ketgan, yurt egasiz qolgan paytda Amir Temur Shahrisabz hokimiyatini o`z qo`liga oladi. Bu jasurlik va vatanparvarvarlik, yurtsevarlik, timsoli edi, albatta. Darhaqiqat, oriyatni qo`ldan bermaslik, og`ir paytda mardlik ko`rsatish, har qanday qo`shindan tap tortmaslik uning uchun iymon-e`tiqodga aylandi…

Tarixiy manbalarda Amir Temurning Movarounnahr taxtini rasman qo`lga olish yili sifatida 1370 yil qayd etiladi va bu muvaffaqiyat Balxda yuz berganligi aytiladi. Haqiqatda ham amir Husayn ibn Musallabni engib, qo`li baland kelgan Amir Temur jami akobirlar, qo`shin boshliqlari tomonidan Movarounnahr hukmdori deb tan olingan edi. Demak, sohibqiron o`ttiz to`rt, o`ttiz besh yoshida taxtga chiqishga erishgan.

Fosih Xavofiy o`zining "Mujmal-i Fosihiy" asarida: Amir Temurning 1336-1387 yillardan tortib 1404-1405 yillargacha bo`lgan hayot yo`li asosiy sanalarini keltiradi. Darhaqiqat, buyuk sohibqiron xususan 1370 yildan to 1404 yilga qadar 30 marta qo`shin tortgan, hamma vaqt qo`li baland kelib, 27 dan ortiq mamlakat va elatlarni zabt etgan, Ha, ulug` bobomizning butun umri ot ustida, ur-surlaru kurashlarda kechgan. U umri davomida yaxshilik, ezgulikdan chekinmadi, mardlarni ulug`ladi, xoinlarni, zolimlarni kechirmadi, ulusga zulm qiluvchi hukmdorlarni ayovsiz jazoladi, vatan xoinlaridan nafratlandi.

"Amir Temur o`gitlari" risolasida haqqoniy ta`kidlanganidek, Amir Temurning tarix

oldidagi xizmati benihoya katta. Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o`z tug`i ostiga birlashtira oldi. Markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi, Ikkinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo`lishda yordam berdi. Masalan, o`sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Ildirini (1389-1402) tor-mor

keltirib (1402), Usmonli turklarning istibdodiga tushib qolgan "Bolqon" yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarga ozodlik bag`ishladi. Oltin O`rda xoni To`xtamishni (1376-1395) ikki marta (1391-1395) tor-mor keltirib, O`rusiyaning mo`g`ullar hukmronligidan qutulishini qariyb 300 yilga tezlashtirdi. Uchinchidan, Turkiston zaminini xunarmandchilik, ilm-fan va madaniyati rivojlangan ilg`or mamlakatga aylantirdi. Amir Temurning sa`yharakati bilan obod etilgan shaharlar, kasabalar, qishloqlarni Shahrisabz, Buxoro, Yassi (Turkiston) shaharlarda qad yahshiargan imoratlar, "Temur va Temuriylar davlati", "Temuriy madaniyatn", "Ulug`bek va Samarqand, "Observatoriya maktabi" kabi ulug` tushunchalarni dunyoga kelishlishi va dunyo xalqlari tarixiga oltin harflar bilan yozilishi ham Amir Temur nomi bilan bog`liqdir.

Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur odob-axloq, iymon, e`tiqod, ta`lim-tarbiyada o`zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun bobomizning o`zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o`gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko`zdan kechirish kifoya. Bular "Tuzuki Temuriy" ("Temur tuzuklari"), "Malfuzoti Temuriy” ("Temurning aytganlari") va "Voqioti Temuriy" ("Temurnnng boshidan kechirganlari") nomi bilan jahonga mashhur bo`lgan asarlarni XV asr muarrixi Fosih Ahmad Havofiyning "Mujmal-i Fosixiy", Nizomuddin Shomiy (tug`ilgan va vafot etgan yili ma`lum emas) va Sharafiddin Ali Yazdiylarning mashhur "Zafar-nomasi", ibn Arabshoh (1389-1450)ning "Ajoyib ulmaqdur fiaxbori Temur" (Amir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari), Salohiddin ibn Mullo Aloiddin hoja Eshonning (Salohiddin Toshkandiy) qalamiga mansub "Temurnoma" (Amir Temur ko`ragon jangnomasi, 1908) kabilar shular jumlasidan. Tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmad Temurning o`zi amal qilgan o`n bir sifatni yuksak baxolaydi.

Birinchi sifat: "Men sifatlarimning eng avvalgi deb beg`arazlikni tushundim. Hammaga

 

ham bir xil: jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmasdim boyni kambag`aldan ustun qo`ymadim."

Ikkinchi sifat: "Men har doim Islomga qat`iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan ulug`langan shaxslarga hurmat bilan qaradim."

Uchinchi sifat: "Men kambag`allarga ko`p xayr-ehson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to`g`ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim."

To`rtiichi sifat. "Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf`` yetkurdim. Bunda birovga nohaq ozor etkazmadim va mendan yordam so`rab kelganlarni ko`kragidan itarmadim. Qur`ondan parvardigorning Alloxning amriga bo`ysunish va xalqiga shafqat qilish darkor, degan oyatini o`zimga farz bilib, o`qib oldim va umr bo`yi barcha yumushlarimda unga amal qildim."

Beshinchi sifat: "Islomga taalluqli ishlarini men har doim kundalik va dunyoviy

Oldingi sahifa | Sahifa 2 4 | Keyingi sahifa
Teglar: bilan Temur uning uchun bo96lgan Temurning laquoBog96i qilib Sog96uniy bo96lib barcha qilgan bo96lsa Alixonto96ra sifat qildim Samarqand mdash ko96p buyuk