Xiva xonligi turkmanlari etnik tarixi  

  • Sana 7-06-15
  • Yuklangan 106
  • Fayl hajmi 288,01 kB
I BOB Turkman urug`larining Xorazm vohasida joylashishi
1.1 Abdulg`oziy Baxodirxonning Shajarayi tarokima asarida Xiva xonligiga ko`chib kelgan turkman urug`lari haqida
1.2 Xiva xonligi turkmanlarining 1855-1867 yillardagi qo`zg`aloni
1.3 Rossiya imperiyasi bosqinchilari razolati va tukmanlar jasorati
II BOB XIX asr oxiri-XX asr boshida Xiva xonligi turkmanlarning iqtisodiy ijtimoiy ahvoli
2.1 Xiva xonligi turkmanlarining iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli va xonlikning ularga nisbatan siyosati
2.2 Junaidxon istiqlol kurashchisi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilova
Referat haqida toliq malumot:

Xiva xonligi turkmanlari etnik tarixi

yo`lidagi harakati yana boshlandi. U xonlikning asosiy shaharlarini egallab, keyin Xiva tomon yurish qilishni o`yladi. 200 otliqdan iborat Junaidxon odamlari 3 fevralda Toshxovuz, Shohobod, Qiyot, Gurlan shaharlari, 4 fevralda Mang`it, Qilichboy hoqim va oqsoqollarini garovga olib, Yangi Urganch tomon yo`l oldilar. Bundan xabar topgan Kolosovskiy 4 fevralda Turkiston genyeral-gubyernatoriga telegramma yo`llaydi: Vaziyat jiddiy, turkmanlarning ba`zi to`dalari Petro-Aleksandrovskga hujum qilishi extimoli bor, chunki bizga etib kelgan xabarlarga ko`ra o`tgan kuni turkman katxudolari umumiy kengashida eshonlarning talabi bilan ruslarga qarshi urushga qaror qilingan .
O`sha kuni kechasi Junaidxon otliqlari Xiva va Yangi Urganch shaharlari atroflarida bir necha boyning uyini talaganlar. Yangi Urganch hoqimi Abdurahmonboyning 7 fevralda G`ozioboddan olgan xabariga ko`ra, G`oziobodda taxminan 15 mingtacha turkman olomoni to`plangan, G`oziobodga sig`maydi. Junaidxon va Xon Eshon Qo`shko`pirga kelganlar. Yana bu xabarda turkmanlar qamokdagilarni ozod qilish tog`risida Xivaga talabnoma yuborganlar, ular ozod qilinmagan takdirda Yangi Urganchga, Xivaga, Xonqaga kelishlari, ishga ruslar aralashgan takdirda, ularga qarshi jang qilajaklari bayon qilinadi. Bu xabarning yertasiyoq, Junaidxon otliqlari Yangi Urganch ostonasiga etib, uning to`rt tomonidan kirib keldilar.
Junaidxon borgan shaharlarda va bormagan ba`zi hoqimliklarda ham ko`plab aholi Juiaidxonni yoqlab, u tomon o`ta boshladi. Turkiston genyeral-gubyernatori Martsonning Petrogradga -harbiy ministr nomiga yuborgan shoshilinchnomasida, 8 fevral kuni Xonqa shahri eshonlari Junaidxon fuqaroligini qabul qilganlari, bu tog`rida ular butun hoqimlik aholisi nomvdan Junaidga yozma xujjat topshirganlari bayon qilinadi, Yana shoshilinchnomada: ...aholining Junaid fuqaroligiga o`tishi davom qilavyersa, u taqdirda xon hukumatidan norozi aholi orasida xon hoqimiyatini qayta tiklash uchun Rossiya qo`shiniga ko`p qon to`kishga tog`ri keladi - deyiladi. Kolosovskiyning 9 fevralda Xivadan genyeral-gubyernatorga yuborgan shoshilinchnomasida esa, xonlikning ko`pchilik markaziy shaharlari Junaid fuqaroligiga o`tib, unga tovon to`layotganlari va eshonlar orasidan tayinlangan bosh ruhoniy tomonidan rivoyat (xukm) ishlab chiqilgani, unda Junaid fuqaroligiga o`tmagan har kimsani (barchani) ruslarni quvvatlovchi g`ayri din hisoblab, ularning mol-mulkini talaganlar jazodan ozod qyushnishi, xabar qilinadi.
Junaid boshliq isyonchilarning ko`lami borgan sari kengayib, xonlikdagi ko`plab fuqarolarni o`z ta`siriga jalb qila bordi. Junaidxon o`z odamlari bilan Yangi Urganchdan Xiva tomon yo`l oldi. 10 fevral yertalab ular Xiva atrofini o`rab oldilar. Otishmalar boshlanib ketdi. Xiva va uning atrofida xon xukumatining, uni himoya qilayotgan rus otryadining ahvoli nihoyatda og`irlashdi. Hozirgi fursatda xon har qanday ahamiyatini yo`qotdi. Xiva hududida amalda faqat ikkita hoqimiyat - qurollangan olomonga tayangan Junaidxon hoqimiyati va bir necha yuz rus shtigi tomonidan quvvatlanayotgan mening hoqimiyatim qoldi, xolos. Bugun yertalabdanoq shahar atrofi bo`ylab g`alayonchilar bizning otryadimiz joshashgan manzil tomon o`q uzib, oqio kelmokdalar - deyiladi Kolosovskiyning 12 fevralda genyeral-gubyernatorga yuborgan shoshilinchnomasida.
Junaid, xon va uning amaldorlariga, Chor Rossiyasi mustamlaka-chilariga qaxr-g`azabi nihoyatda oshgan bir xrlda Xivaga etib keldi. Shuning uchun ham u Kolosovskiyning yovmutlarni mulohaza bilan ish ko`rishga chaqirib yo`llagan murojattnomasini oyok ostiga uloqtirib tashladi. 12 fevralda Junaidxon otliklari tomonidan shaharga hujum va otishmalar kun bo`yi davom qildi. Ular 12 fevraldan 13 ga o`tar kechasi Xivaning bitta darvozasini buzib, shaharga bostirib kirdilar. Saroyga kirgan Junaidxon xonni chaqirtirib, unga: Men sening hoqimiyatingni (xonligingni) e`tirof qilaman, xonligingni qilavyergin - dedi va turkmanlarning saroydan talon-taroj qilib olganlarini qaytarib byerish badaliga undan 18 ming so`m talab qilib oldi. Shundan keyin Matvafo Baqqolov va Abdullajonlar keltirilib, usha zaxotiyoq qatl qilindi. Ular bilan birga Shiyxnazarboyning qarindoshi ham o`ldiriladi. Yovmutlar Xivani qo`riklab turgan rus qo`shini bilan jang qilib, qamokdagi o`zbeklarni ozod qildilar. Junaidxon zambarakchilari Kolosovskiyning uyini vayron qilib tashladilar, u yerda xilpirab turgan Rossiya bayrog`i xavf ostida krldi.
Matvafo Baqqolov va Abdullajonlarning qatl qilinish sababi shunda ediki, ular saroyda amaldorlik qilgan davrda ahloqsizlik, poraxo`rlik, fitnachilik, fuqarolardan yig`iladigan turlicha yig`imlar, ayniqsa rivoj topgan edi. Junaidxon Yangi Urganchga kelganida, uning huzurida bo`lgan rossiyaliklarga: Men Xivada ikki-uchtasini qo`lga olishim kyerak. Xon o`z mustaqilligini yo`qotgan va davlat ishlari bilan mutlaqo shug`ullanmasdan qo`ydi. U Matvafo Baqqolov keltirib turgan qizlar aysh-ishrati bilan band285. - deb gapirgandi.
Junaidxon paytaxtni egallash bilan maqsadiga qisman yerishdi. Qamokdagi uzbek isyonchilari ozod qilindi, fuqarolar la`natiga sazovor bo`lganlar qatl qilindilar. AMMO Junaidxon mamlakatning adolat va shariat bilan boshkarilishiga, xonlikda mustamlakachilikning tugatilishiga yerisha olmadi.
Junaidxon otliqlari Xiva xonligi poytaxtini egallaganidan keyin Rossiya mustamlakachilariga xavf kuchaydi. Bundan cho`chigan Turkiston okrugi shtabi boshlig`i Bornest 14 fevralda, Xorazm turkmanlarining Kaspiy orti viloyati, Mari, Ko`ktepa, Axal va Astrobod turkman urug``larn bilan qarindoshlik aloqalari borligini e`tiborga olib, qo`zgolonning keng (Kaspiy orti viloyati va butun Turkistonga) tarqalib ketishidan xavfsirab, Xivadagi qo`zg`olonni tezda bostirishning nihoyatda zarurligi tog`risida buyruq byerdi. Xiva xonligida tartib o`rnatish maqsadvda Turkiston genyeral-gubyernatori buyrug`i bilan yuborilgan Sirdaryo viloyati harbiy gubyernatori, genyeral leytenant Galkin 15 fevrad kechkurun Xivaga etib keldi. Galkinning Xiva tomon kelayotganidan xabar toptan Junaidxon 15 fevralda kun bo`yi rus otryadi ustiga jadallik bilan xujum qilib, o`q yog`dirib turdi va Galkinni Xivaga keltirmaslik uchun Xiva bilan Yangi Urganch va Petroaleksandrovsk oraligidagi telegraf aloqasini uzib tashladi.
Rossiya otryadining o`qqa tutilishi yarim kechagacha davom qildi. Galkin harbiy kudratiga teng kelolmasigini sezgan Junaidxon yarim kechadan keyin bir qism otliqlarini qoldirib, chekina boshladi. Galkin Xivaga etib kelishi bilan Junaidxonning barcha harakatlari barbod bo`ldi.
Genyeral Galkin otryadi kelib Kolosovskiyga qo`shilganidan keyin Junaidxonni qo`lga olish va qo`zg`olonchi turkmanlarni jazolash maqsadida ular ketidan yurish kilib, kulga kiritolmadilar.
Uning Yeron tomon yo`l olgani tog`risidagi xabardan keyin Turkiston genyeral-gubyernatori buyrug`i bilan Yeron chegarasida nazoratni kuchaytirish tadbirlari ko`rildi. Junaidxonning Yeronga chegaradan o`tishi taxmin qilingan yo`lni kuzatishga polkovnik Kdstrzay boshchiligida ikkita kazak yuzligi soqchilari va zaxiradagi turkman eskadroni safarbar qilindi.
15 martda 16 ta to`p (zambarak) bilan kurollangan 14,5 rota va 5 ta kazak yuzliklaridan iborat Galkin jazo otryadining qo`zg`olonchilar ustiga yurishi boshlandi. Bu otryad Goziobod, Taxta, Ilonli, Ko`hna Urganch, Xo`jaeli, Po`rsi, Toshhovuz shahardarida bo`lib, 4 mayda Gurlan, Yangi Urganch orqali 49 kunda Xivaga qaytib keldi.
Jazo otryadining birinchi kunidanoq mahalliy xalqqa nisbatan shafqatsiz jazo choralari qo`llanib, dala sudlari ishlay boshladi. Xiva qo`zg`olonida ishtirok qilganlikda shubha qilinganlardan Ko`hna Urganch, Xo`jaeli va Gurlanda bir necha o`nlab kishilar osib o`ldirilgandi. Jazo otryadi borgan joylarda xotin-qizlarga zo`ravonlik qildilar, bolalar va qariyalarga azob byerdilar, ovullar yondirildi . Turkmanlarning ko`plab mol-mulklari, qimmatbaho bugomlari talon-taroj va musodara qilindi. Ularga 3 million 500 ming so`m mikdorida tovon belgilandi, 6 ming o`g ochar qurol yig`ib olindi.
Genyeral-gubyernatorning Galkinga buyrug`ida qo`zg`olonchi turkman-larni shafqatsiz jazolash bilan birga Junaidxonni qo`lga olish ham buyurilgan edi. Galkin gubyernatorning bu buyrug`ini uddalay olmadi.
Rossiya impyeriyasining Turkistondagi amaldorlari Junaidxonni qo`lga tushirishga juda e`tibor byerdilar va kup kuch sarfladilar. Jumladan, Galkin Junaidxon va do`sti Xon Eshonni ta`qib qilishga turkmanlarning ushaq katxudolaridan Seid-Mamed-bek boshliq 300 otliqni yuboradi va Junaidxonni tutib keltirgan takdirda ularga qo`zg`olonda ishtirok qilgan gunohini engillashtirish va mukofot va`da kiladi. Lekin Seid-Mamed-bek otliqlariga birlashgan turkmanlarni hech qanday mukofot qiziqtirmagan. Ular faqat Galkin jazo otryadi kuliga tushib qolmaslik va uning nazaridan chetda bo`lish uchun unga qo`shilganlar. Seid-Mamed-bekda xam Junaidxonni qo`lga tushirish istagi bo`lmagan. Shuning uchun ham, Junaidxonni ta`qib qilishga kelayotgan turkman otliqlarining ko`pchiligi yo`lda qolib ketgan. Ular Junaidning Kaspiy orti viloyati tomon ketganidan xabardar bo`lsalarda, Ko`hna Urganch usti bilan yo`lga chiqib, vaqtini o`tkazdilar.
Turkiston xukmdorlari, Junaidxonning Yeron tomon ketayotgan-ligidan xabar topgach, uning yo`lini to`sishga harakat qilib, chegaraga otryadlar qo`ydilar. Bu ish bilan Kaspiy orti viloyati boshlig`i genyeral Kolmokov va genyeral Narbut shug`ullandilar. Temir io`l liniyasi bo`ylab Yagman stanstiyasidan Ko`ktepaga qadar (375 vyerst) kuzatuvchi otryadlar yuborish tog`risida buyruq byerildi. Junaidxonni qo`lga olgani uchun ming so`m, turgan joyi to`grisida aniq xabar byergani uchun 500 so`m mikdorida mukofot e`lon kilindi. Bu mukofotlar birorta turkmanni qiziqtirmadi, ular Junaidxonni mustamlakachilarga tutib byerishni istamadilar.1
1916 yilning aprel oyi o`rtalarida Junaidxon chegaradan Yeronga eson-omon o`tib ketdi. Unga bu ishda Qahqa ovulidan turkmanlarning taka urug``iga mansub Jafar-Byerdi og`li yordam byerdi. 1916 yil 2 mayda Ashxabad jandarmasi so`rog`i paytida byergan javobida u: Bundan 30 kuncha ilgari uyimga Junaidxon 15 tacha kurollangan otliqlari bilan kelib, mendan uni Yeronning Sanix uyligiga (o`basiga) eltib qo`yishimni talab qildi. qo`rqqanimdan ularni kuzatib borib yo`l ko`rsatdim. Ovulimizdan chegaraga qadar bir kun yo`l yurdik. Temir yo`l ko`tarmasidan (polotnosi) Bobodurmaz va Ortiq stanstiyalari oralig`vdan kechasiga Sanixga boradigan yo`lga o`tdik. Sanixga etib kelganimizda Junaidxon Yeronliklarga meni ikki soat tutib turishlarini buyurib, o`zi Mamat Obod tomon ketdi. ...Ketayotganida tez qaytajagini aytib, qaytganida xizmatimni takdirlajagini bildirdi.
...Junaidning buyrug`i bilan meni Sanixdan ovulimga qadar taka turkmanlariga xos kiyingan, 30-33 yoshlardagi yeronlik Mamad-quli ismli yigit kuzatib qo`ydi. Ovulda esa meni ikki kun hech qayoqqa chiqarmadilar. Junaidxon tog`risida xukumatga xabar qilmadim, uning qaytishini kutdim... - deb bayon qiladi.
Bundan tashqari, Uzbekistan Respublikasi Markaziy Davlat arxivida Junaidxonning ta`qib qilinishi va uning chegaradan Yeronga o`tib ketishiga oid ko`pgina xujjatlar va Qoraqum bo`ylab bosib o`tgan yo`li chizilgan taxminiy xarita ham saqlanmokda. Xujjatlarning ko`nchiligida Junaidxonning Yeronga o`tib ketishi aprelning 18 dan 19 iga o`tar kechasi Ortiq va Bobodurmaz stanstiyalari oralig`idagi Sandiqli dara (ushele) orqali yuz byerganligi qayd qilinadi.
Bu xujjatlarda Junaidxonning shaxsiy ma`naviyatiga tegishli ba`zi ma`lumotlar ham keltirilgan. Sahrodagi aholi Junaidxonga nisbatan samimiy munasabatda ekanligi, uni aholi o`z Xiva xoni va mustamlakachilik zulmidan xalos qiluvchisi, deb bilganligi, fuqarolarga nisbatan saxovatliligi, g`amxo`rligi bilan ham xurmat va e`tibor qozonganligi aks etgan.
Aslida Junaidxonni tutib keltirish uchun Galkin tomonidan yuborilgan yovmut otliklari xam unga xayrixoh bo`lganlar. Ularning 17 nafarini Ashxobod jandarmi rotmistr Baron fon Firks Junaidxonga xayrixoxdikda ayblab, so`rok qilganida, hammasi Junaidxonning izidan Chuchuk qudug`i bo`yida etdik, oralarimizda otishma bo`ldi, lekin ularning orqasidan kuvmadik, qayoqqa ketganligani bilmaymiz - degan mujmal javobni takrorlaganlar.
Junaidxonni tutib keltirish uchun yuborilgan yo`vmutlarni Kolosovskiy Agar Junaidxon va Xon Eshon Rossiya ma`muriyati ixtiyoriga keltirib topshirilmas ekan, butun turkman xalki ularni yashirgan va Rossiyaga qarshi qo`zg`olonning maslakdoshi hisoblanib, og`ir jazoga mahkum etiladi - deb qo`rqitgan edi. Shuvdan keyin ancha-muncha turkmanlar qo`rquv ostida Seid-Muhammad-bek boshchiligida otryadga birlashib, Junaidxonni ta`qib qilishga ketish uchun rozilik bildirgan edilar. Seid-Muhammad-bek va Baxshi (muhrdor) inisi, agar ular xohlasalar Junaidxon va Xon Eshonni tutib keltirish imkoni bo`lgan bo`lsa ham unday qilmadilar, aksincha ular, Junaidxon Kaspiy orti viloyatidagi birodarlariga etib olishiga ko`maklashdilar, yuklarini ortish uchun ot-ulov, suv uchun idishlar va bexovotirligi uchun soqchilar byerdilar.
Turkman urug`larining Junaidxonga bu darajada sodiqligi va turkmanlardagi birdamlik Turkiston genyeral-gubyernatori Kuro-patkinni Xiva qamoqxonasida saqlanayotgan va o`zlarining o`lim jazosini kutayotgan 17 nafar yovmutlarga nisbatan extiyotkorlik bilan ish ko`rishga majbur qildi. Uning Kolosovskiyga shoshilinchnomasida, ularning ozodlikka chiqarilishi buyuriladi. Yovmutlarga nisbatan bunday jazoning ko`llanishi Rossiya uchun og`ir bir vaziyatda Xiva va Kaspiy orti turkmanlarini birdamlikda Rossiya impyeriyasi hukmdorlariga qarshi ko`tarishi mumkinligi Kuropatkinni qo`rqitadi.1
Junaidxon mag`lubiyatga uchragan bo`lsa ham, uni mustamlakachilar yo`q qilolmadi. Chunki mustamlaka zulmidagi xalqlar uning milliy ozodlik harakatini quvvatladilar.
Turkistondagi Rossiya impyeriyasi hukmdorlarining Junaidxonni yo`q qilishga shu daraja jiddiy kirishishi va ko`p kuch sarf kilishlarining sababi shunda ediki, Junaidxonning Xivadagi g`alabasi Kaspiy orti turkmanlarining mustamlakachilarga qarshi kurashga otlanishi va butun Turkistonda Rossiya impyeriyasiga qarshi milliy ozodlik harakati boshlanib ketishiga olib kelgan bo`lardi.
Xivadagi milliy ozodlik harakatidan 4 oy keyin - 1916 yil iyulida Xo`jand, Samarkand, Jizzax, Qo`qon, Andijon, Namangan va Toshkentda, kuzida esa Kaspiy orti viloyatida turkistonliklar Chorrizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashga otlandilar. Butun Turkistonni va Qozog`istonning Ettisuv, Oqtepa, Semipalatinsk, O`rol, To`rg`ay viloyatlarini qamrab olgan 1916 yil milliy ozodlik harakati Xivadagi qo`zg`olon bilan boshlandi, deyish mumkin.
Turkistonda Rossiya mustamlakachiligiga qarshi milliy ozodlik harakati ko`tarilgan paytda Junaidxon Afg`onistonda muhojirlikda edi. U Kaspiy orti ozodlik kurashiga o`z xissasini qo`shiga maqsadida Kaspiy orti viloyatiga o`tishga harakat qildi. Lekin Afg`oniston xukumati yo`l byermaganidan Tajandagi harakatga boshchilik qilishga muyassar bo`lolmagan bo`lsa ham, uning yaqin safdoshi Azizxon Chapikov boshchiligidagi guruh Tajanda ruslarga qarshi kurshpni uyushtirdi. Azizxon Chapikov Tajanda o`zini Jinaidxon, Buxoro amiri va musulman davlatlaridan vakil, deb gapirdi.
Rossiyada 1917 yil sodir bo`lgan fevral inqilobi natijasida Rossiya impyeriyasi samodyerjaviyasi ag`darilgandan keyin Xivada xonlik, Buxoroda amirlik tuzumi saqlanib qoldi. Shunday bo`lsa ham, bu , inqilobiy o`zgarishlar xonlik va amirlik xalkdariga mustaqillik, demokratiya va taraqqiyot yo`lidan rivojlanishga imkoniyat yaratib byerishi mumkin bo`lgan davrni boshlab byerdi. Amalda esa bu yo`lda uzoq va jiddiy kurashlar olib borishga tog`ri keldi.
Fevral inqilobi yuzaga keltirgan muvaqqat xukumatning Xivadagi siyosati Chorrizm siyosati davomi bo`ldi. U ni shundan ko`rish mumkinki, bu hukumat 1917 yil 25 iyulda Xiva xonligida Harbiy Komissar lavozimini ta`sis qilish tog`risida qaror qabul qildi. Bu komissarga Xiva xonligini boshqarishni tashkil qilish qoidasini ishlab chikish vazifasi topshirildi. Xiva kazarmasi otryadidagi kazaklar soni ko`paytirildi, Xivaga ancha miqstorda qurol-aslahalar keltirildi. 1917 yil sentyabr boshida Xivaga polkovnik Zaystev boshchiligida Orenburg kazaklari katta otryadi keldi. Shu yo`sinda fevral inqilobidan keyin ham Chorrizmning mustamlakachilik siyosati Xivada davom qilmoqda edi. Hatto u kuchaytirildi.
1917-1918 yillarda Turkiston o`lkasida yuz byergan barcha vokealarda faol qatnashgan Mustafo Cho`qay og`li o`zining 1917 yil xotiralarida: Yangi rus idorasi eskilaridan ham yomonroq bo`lib chiqsti... - deb yozadi. Uning xotiralaridan, 1917 yil aprelvda Toshkentda bo`lib o`tgan Turkiston viloyati Ishchi va Soldat sho`rolari qurultoyiga kelgan vakillarning so`zlaridan Ishchi va Soldat sho`rolarining eski pristavlardan ham yomon bo`lganliklari ochiq ko`rinmoqda edi. Aholini turli yo`llar bilan qiynab talamokda edilar - degan so`zlarni ham o`qiisiz.
1917 yili sentyabri birinchi yarmida Junaidxon Afg`onistondan Xivaga qaytib keldi. U bilan birga tajanlik safdoshi Azizxon Chapikov ham qaytdi, ular Kaspiy orti va Xivada bolsheviklar va sho`rolarga qarshi kurashish maqsadida qaytgan edilar.
Bu davrda Xiva xonligida turkman urug``lari feodalllarining o`zaro kurashi keskinlashgan edi. Yirik urug`` boshliqlari Junaidxon, Shammikal va Qo`shmamadxonlar 1916 yilda bir-birlariga dushman ikki guruhga bo`linganlar. Junaidxon guruhi asosan yovmutlarning Taxta va Qubatog` hududlarida yashaydigan ushaq va o`rsuqchi urug``lariga mansub barcha muhrdor, katxudo, oqsoqol va boshqa feodallaridan iborat edi. Shammi-kal va Qo`ngmamadxon guruhiga yovmutlarning o`sha hududlar va Ko`hna Urganch, qisman Ilonlida yashaydigan o`kiz va salah urug``lari feodallari birlashgandilar. Boshqa turkman feodallari (chovdur, emrali, qoradoshli va boshkalar) betaraflikni saqlashga harakat qilganlar, vaziyatga qarab goh u, goh bu guruhni quvvatlab turganlar. Ularni birlashtirish niyati ham Junaidxonni vataniga shoshiltirgan ko`rinadi. Chunki turkmanlarda bunday ahvol davom qilsa, ular sho`rolar tajovuziga bardosh byerolmasligini u yaxshi bilardi. Lekin yovmut urug`` boshlikdari oralarida birdamlik yo`qligi keyinchalik ham Junaidxonning qizil askarlarga karshi kurashida pand byerdi.
Junaidxon Xivaga qaytib kelganidan keyin xondan norozi bo`lgan tarqoq turkman urug`larini qisqa muddat ichida birlashtirishga muvaffaq bo`ldi. 1918 yil boshlarida bir yarim mingdan ortiq qurolli otliqqa ega bo`lib, Xiva xoniga jiddiy xavf tug`dirdi.
1918 yil yanvarida Asfandiyorxon nufuzli eshon va mullalar orqali Junaidxon bilan aloqa bog`lab, mamlakatni birgalikda idora qilish va bolsheviklarga zarba byerishni uyushtirish

Oldingi sahifa | Sahifa 9 12 | Keyingi sahifa
Teglar: bilan turkman uchun qarshi Junaidxon Rossiya turkmanlar bo96lib qilib tomonidan Xorazm uning keyin ko96chib bo96lgan tomon yilda ularning turkmanlarning qilish