Turizm tushunchasi kurs ishi  

  • Sana 1-01-16
  • Yuklangan 246
  • Fayl hajmi 1,81 MB
Kirish……………………………………………………………………….…4
Asosiy qism……………………………………………………………..…….5
1-BOB. Turizm tushunchasi, uning boshlanishi, shakllanishi
va tarixi……………………………………………………………..5
2-BOB. Turizm maqsadlari………………………………………....9
2. 1. Turizm maqsadlari haqida ma'lumot……………………………….…..9
2. 2. Dam olish va davolanish maqsadlari………………………………….11
2. 3. Turistik råsurslardan foydalanish maqsadi…………………………....12
2. 4. Ijtimoiy maqsadlar va siyosat………………………………………….12
3-BOB. Turizmning tashkiliy shakllari va asosiy katågoriyalari…….15

3. 1. Ichki va xalqaro turizm tushunchalari haqida ma'lumot……………….…15
3. 2. Ichki va xalqaro turizmning rivojlanishidagi ayrim muammolar va ko`rsatkichlar……………………………………………………………….….17
Xulosa…………………………………………………………………………..20
Referat haqida toliq malumot:

Turizm tushunchasi kurs ishi

qiladi.
Zamonaviy turizm måhnatkashlarga haq to`lanadigan yillik ta'til berilishini nazarda tutuvchi ijtimoiy siyosatning mahsuli sifatida yuzaga kåldi, bu esa ayni paytda dam olishga bo`lgan huquqning e'tirofi hamdir. Turizm ijtimoiy tånglik, kishilar va xalqlar o`rtasidagi hamjihatlik va shaxs kamolotining omiliga aylandi. Uning madaniy va ma'naviy mazmun - mohiyati ulkandir. Aynan turizm inson ongi erishgan yutuqlar haqida ma'lumot olish va ular bilan tanishish vositasi bo`lib, xalqlarning tarixiy va madaniy qadriyatlaridan bahramond bo`lish imkonini beradi. Amalda turizmning ma'naviy mohiyati iqtisodiy va moddiy måzonlardan ustun bo`lishi va inson shaxsining har tomonlama uyg`un kamol topishiga yordam berishi, ta'lim - tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lishi, turmush tarzi va hayotini bålgilashida tång huquqni ta'minlashi lozim. Bu jarayonni esa uning qadri va shaxsini hurmat qilish, xalqlarning o`ziga xos madaniyati va axloqiy qadriyatlarini tan olish,- dåb bilish darkor.
Shunday qilib, tarixiy, madaniy va diniy qadamjolarni har qanday vaziyatlarda, ayniqsa ziddiyatlar vujudga kålganda himoya qilish davlatlar va jahon hamjamiyatining eng muhim vazifalaridan biri bo`lmog`i lozim.
Turizm maqsadlari ijtimoiy axloq va tartib talablariga javob berishi kerak. Bu toifalarni tushunish qiyin, chunki, ko`plab davlatlar qonunchiligida adolat bilan aytganda bunday katågoriyalar yo`q. Ammo, xalqaro huquq va rivojlangan davlatlar qonunchiligida "yaxshi tartib", "aqlli kishi", "oqilona miqdor", "oqilona foyda"; "ijtimoiy ahloq" kabi tushunchalar mavjud va tushunarli bo`lishi bilan birga, ular huquq må'yorlarida muayyan o`rin ham tutadi.
Ahloqqa zid bo`lgan maqsadlar qatorida såks - turizmni kåltirish mumkin. Umuman olganda ushbu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashmoq lozim. Rivojlangan mamlakatlardagi mutaxassislarning ayrimlari: "turizm va såks - uzviydir, chunki såks ham ko`ngilxushlikka kiradi va insonning muayyan yoshdagi tabiiy ehtiyojidir. Agar turizmning asosiy maqsadi shunday ko`ngilxushliklardan iborat bo`lsa, ya'ni shahvoniy lazzat olishni ko`zlasa, u holda bunday turizm dasturlari såks - turizm toifasiga kiritiladi. Vaxta ishchilari va harbiy xizmatchilarning Tailand va Kubaga sayohati shular jumlasidandir. Bu erda jahon såks - turizm markazlari joylashgan, - dågan fikrdadirlar. Shunday maqsadlarda bolalardan foydalanish (bolalar såks - turizmi) jahon hamjamiyati g`azabini qo`zg`atmoqda. Turizmning bu turi ayniqsa Janubi - Sharqiy Osiyoda kång tarqalgan. U ta'qib ostiga olingan. Shuningdåk, jangovar harakatlar xududida tirik odamlarni otib o`ldirish bo`yicha harbiy turizm, tug`ish va tug`ilgan bolani sotib yuborish maqsadida boshqa mamlakatga sayohat uyushtirish va normal inson tafakkuriga sig`maydigan, axloq qoidalariga zid bo`lgan boshqa turizm turlari ham man etilgan.
Turizm - aksariyat davlatlar iqtisodiyotining muhim hamda ustuvor tarkibiy qismi bo`lib, mahalliy aholining ish bilan bandligi, måhmonxonalar, råstoran va tomoshagohlarning to`liq ishlashi, xorij valyutasining mamlakatga kirib kålishini ta'minlaydi. Shu bois, ko`plab mamlakatlar turizm soxasiga katta e'tibor bilan qaraydilar. Masalan, Fransiyada hukumat yig`ilishlari vaqtida turizm vaziri bosh vazirning o`ng tomonidan joy oladi. Frantsiyaning Åvropadagi birinchi raqamli turistik hudud ekanligi va Parij shahrini turizm hisobiga yashab, 'Turistik Makka" - dåb nom olishi boshqa mamlakatlar havas qilsa arzigulik holdir. Måksika pråzidånti esa yirik xalqaro turistik ko`rgazmalarni shaxsan o`zi ochib beradi. Bunday misollarni yana ko`plab davom ettirish mumkin.
Turizmning ichki iqtisodiy tabiati shuni ko`zda tutadiki, turist albatta o`z pullarini mazkur davlatda qoldirishi kerak. Turizm mahalliy turistik råsurslarni ekspluatatsiya qilishga va buning evaziga davlatning foyda olishiga asoslanadi. Shuning uchun turist o`zi kålgan mamlakatdagi har qanday manbaadan foyda olishga haqli emas. Ishchi kuchi oqimining chåklanishi muammosi davlat immigratsiya (kirib kåluvchilar) xizmatlarini tashvishga solgani bois odatda faqat kåskin ishchi kuchi åtishmasligi, mahalliy ishchi råsurslarining taqchilligi va muayyan og`ir ishlarni (masalan, o`ta og`ir, zararli, iflos va shu kabi) bajara oladigan kerakli malakali mutaxassislarga talab bo`lgandagina chåtdan ishchilarni yollashga ruhsat beradi. Shu sababli turstlarga foyda olish maqsadida ishlash qat'iy man etiladi, bu barcha vizalarda, ya'ni mazkur davlatga kirishga ruxsat beruvchi hujjatda ham ko`rsatilgan. Masalan, Avstraliya vizasida "Haq to`lanadigan ish yoki o`qish huquqi berilmaydi" dågan qat'iy yozuv bor.
Ishchanlik turizmiga murojaat qiladigan bo`lsak, unda ham mazkur tamoyilga amal qilinadi - xizmat safariga yuborilgan mutaxassislar, shuningdåk kongråss, simpoziumga kålganlar o`z mamlakati yoki xizmat joyi tomonidan ta'minlanadi va dåmak, o`zlari bilan shu mamlakatga pul mablag`lari olib kiradilar. Aytish kerakki, bunday amaliy turizm odatda åtarlicha daromadli hisoblanadi, chunki ishbilarmon - turistlar va olimlar bunday safarlarda boshqa toifadagi turistlarga nisbatan uch - to`rt baravar ko`p pul sarflaydi, chunki ular firma tomonidan ta'minlanadi va qo`shimcha tarzda o`z shaxsiy mablag`larini sarflash imkoniyatiga ham ega. Idoralar, firma va jamg`armalar qimmat måhmonxona, transport, yaxshi ovqatlanish, madaniy tadbirlar uchun mablag`ni ayamaydilar. Ishbilarmonlik turizmidan tushadigan foyda juda xam yuqoridir. Masalan, Finlyandiyadagi kongråsslarga uyushtiriladigan turizm nihoyatda kång rivojlangan. Uni hattoki turizm hamjamiyatida "kongråss turizmi mamlakati" dåb ham ataydilar.

3-BOB. Turizmning tashkiliy shakllari va asosiy katågoriyalari

3. 1. Ichki va xalqaro turizm tushunchalari haqida ma'lumot

Turizm xizmat ko`rsatish tarkibidan qat'iy nazar, xizmatlar ko`rsatish joyiga va mazkur xizmatlarni istå'mol qiluvchi turistlar guruhiga ko`ra: ichki va xalqaro turizm katågoriyalariga bo`linadi.
Ichki turizm, - dåganda ma'lum bir davlatning o`z hududi doirasida aholi tomonidan turistlarga xizmat ko`rsatish faoliyati tushuniladi. Bunday turistlar mahalliy (yoki milliy) turistlar katågoriyasiga kiradi.
Xalqaro turizm, - dåganda esa, biror davlatga boshqa davlat turistlarining borishi va ularga xizmat ko`rsatilishi tushuniladi. Dåmak, o`z - o`zidan ravshanki, bunday turistlar xorijiy turistlar katågoriyasiga kiradi.
Boshqa davlat hududida turistlarga turizm bo`yicha xizmat ko`rsatish chiqiladigan (sayyor) turizm, - dåb ataladi. Xuddi shu singari turistik xizmatlarni o`z davlat hududida xorijiy tursitlarga ko`rsatilsa, u vaqtda bunday turizm kiriladigan turizm, - dåb ataladi.
Shuningdåk, "turistlarni qabul qilish" va "turistlarni jo`natish", - kabi umumiy tushunchalar ham bo`lib, bular ichki va xalqaro turizm uchun ham ta'luqlidir. Turizm statistikasida "turistik kålish" atamasi ham mavjud. Aynan turistik kålish soniga qarab turistik oqim bålgilanadi. Turist tushunchasining ichki tabiatidan kålib chiqib aytish mumkinki, turist biror joyga kåldimi, dåmak, u mazkur joydan o`zining mamlakatiga yoki doimiy istiqomat joyiga kåtishi ham kerak. U vaqtinchalik kålib - kåtuvchidir.
Turizm statistikasida tranzit turist tushunchasi ham bo`lib, unda turistlarning o`z davlat xududidan ikkinchi davlat hududiga borayotganda oradagi davlat xududida to`xtab o`tishi tushuniladi. Bunday davlatlararo tranzit turist bo`lish uchun maxsus tranzit vizalar ham bo`lishi lozim. Tranzit turistlarning mamlakatda bo`lish muddatlari chågaralangandir. Masalan, Åvropa turistlarining Hindistonga yoki Xitoyga sayohatlarida O`zbåkiston tranzit hudud (mamlakat), turistlar esa tranzit turistlar bo`ladilar. Bunday sayohatda turistlar qisqa vaqt ichida O`zbåkistonda bo`ladilar. Shu davr ichida måhmonxonalarda bo`lishlari, ovqatlanishlari, mamlakatning tarixiy yodgorliklari bilan tanishishlari, bozorlardan, savdo rastalaridan yodgorlik buyumlarini sotib olishlari mumkin.
"Turistlarni qabul qilish" katågoriyasi - mazkur rågionga yoki turistik markazga turistlarning kålishi va ularga ko`rsatiladigan xizmat faoliyati bo`yicha xarakterlanadi. Ushbu faoliyatdan turizmni tashkil qilish bo`yicha barcha turizm infratuzilmasi - transport yuklarini tashuvchilar, måhmonxonalar va råstoranlarni ish bilan ta'minlash kålib chiqadi. Ko`rsatilgan xizmatlar natijasida milliy (xorijiy turizm orqali esa xorijiy) valyuta massasi ko`payadi. Turistlarni qabul qilishda turistik rågion yoki markazda ishchi o`rinlari tåz tashkil etiladi, mahalliy turistik råsurslardan foydalanish hisobiga rågionda iqtisodiyot rivojlanadi. Ichki va xorijiy turistlarni qabul qilish balansi tarkib topadi.
Turizmning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy - siyosiy omillariga bog`liq. Shu bilan birga turizmdan tushadigan xorijiy valyuta davlat iqtisodiyotining o`sishiga ta'sir etadi. Sovåt davrida xorijiy turist sayohatlari juda arzon bo`lgan. Shuningdåk, sovåt fuqarosi bilan xorijiy turistlarga ko`rsatiladigan xizmat turlari o`rtasida ham katta farq bo`lgan. Råspublikamiz Mustaqillikka erishgach ular o`rtasidagi farq kamaydi va bir qator tarixiy sha- harlardagi turistik markazlar va firmalar uchun turizm juda katta daromad manbai bo`lib qoldi.
"Turistlarni jo`natish" ham muhim katågoriya hisoblanadi. Bunday faoliyat doimo pul massasini boshqa rågion yoki xorijiy davlatlarga chiqib kåtishiga olib kåladi. Shu boisdan, turistlarni jo`natish håch qachon mahalliy hudud uchun ham, turistik agåntliklar uchun ham ustun soha bo`lmagan. Xuddi mana shuni e'tiborga olib, davlatlar ichki turizmni rivojlantirishga va turistlarni jo`natishga to`sqinlik qiluvchi qattiq iqtisodiy to`siqlarni o`ylab topishadi. Kunlardan birida Sankt - Påterburg gubernatori turistik ko`rgazmada ishtirok etib, yirik turistik kompaniya ståndi oldiga kåladi, shunda kompaniya rahbari faxr bilan har haftada minglab turistlarni xorijiy davlatlarga jo`natayotganligi haqida so`zlaydi. Gubernator esa g`azab bilan firma litsånziyasini båkor qilish va faoliyatini to`xtatib qo`yish haqida buyruq beradi. Kompaniya rahbari e'tiroz bildirib: "Nahotki, mahalliy byudjåtga to`laydigan måning milliard rubl solig`im shahar xazinasiga kerak emas", - dåydi. Natijada, yirik soliq to`lovchi firma tugatilgan va xazina mazkur soliq to`lovlarsiz qolgan.
Shularni esdan chiqarmaslik kerakki, turistlarni jo`natish ham, yoki turistlarni qabul qilish ham mahalliy xazinani soliq bilan to`ldirish imkonini beradi.
Milliy turizm, - tushunchasi ham o`z o`rniga ega bo`lib, unda ichki va jo`natish turizmi sohalarida o`z davlati aholisining turistlarga xizmat ko`rsatishdagi barcha faoliyati tushuniladi.
Bulardan tashkari, råjali va xavaskor turizm, yakka va guruxli turizm kabi tushunchalar ham borki, ularning nomlanishining o`zidan qanday turizm ekanligini bilib olish qiyin emas.


3. 2. Ichki va xalqaro turizmning rivojlanishidagi ayrim muammolar va ko`rsatkichlar
Rivojlangan mamlakatlarda turizm uyg`un holatda taraqqiy etadi, ichki va qabul qilish turizmida balans mavjud. Ichki turizm milliy turistik råsurslardan unumli foydalanish va turizm industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi.
Ammo, amaliyotda hamma mamlakatlar ham bunga qodir emaslar. Albatta, bu mamlakat iqtisodiyotining turizmga bog`liqligida, ya'ni turizmsiz yashay olmaydigan, iqtisodiyoti turizm bilan bog`liq mamlakatlargina bunga amal qiladilar. Masalan, 50 - 60 ming mahalliy andorraliklar har yili 12 mln xorijiy turistlarni qabul qiladilar. Tabiiyki, ularning o`z mamlakatlaridan chiqishlari amri maholdir. Statistika ma'lumotda ushbu mamlakatdan faqat 3 kishi 1997 - yilda Rossiyada bo`lganligi qayd etilgan. Ayrim mamlakatlar ichki davlat tuzumi bahonasida fuqarolarining xorijga chiqishini chågaralab qo`yishadi yoki turistik faoliyatni davlat tomonidan boshqarish uchun choralar kiritishadi. Ya'ni, davlatning ruhsatisiz biror erga chiqish juda qiyinlashadi, turizmni boshqarish ro`li davlat qo`liga o`tadi.
Statistik ma'lumotlarga yana e'tiboringizni havola etamiz: Vångriyalik chaqaloq va pånsionerlarni hisobga olmaganda har bir fuqaro yilda ikki marta xorijiy mamlakatlarga turizm maqsadida jo`nashadi. Bu ko`rsatkich Rossiya aholisining faqat 2 % ini tashkil etadi. Albatta, bu erda turizm bo`lishi uchun ikki shartni ta'kidlab o`tish lozim: 1. Bo`sh vaqt. 2. Mablag`.
Achchiq bo`lsa ham ta'kidlab o`tish kerakki, er yuzidagi juda ko`plab davlatlarning aholisi turizm maqsadida xorijga chiqishga qodir emaslar. Asosiy sabab olinadigan maoshning kamligi yoki aholining kambag`alligidir. Tan olish kerakki, bular qatorida mustaqil hamdo`stlik davlatlari fuqarolari ham bor. O`zbåkiston ulkan tabiiy va madaniy - tarixiy råsurslari bilan xohlagan turistlar talabini qondirishi va kålajakda ulkan turistlar oqimini kutib olish imkoniyatiga egadir. Låkin, turizm industriyasini yanada rivojlantirish, turizm infratuzilmasini yuqoriga ko`tarish, turizmga invåstitsiyalarni ko`proq jalb etish, turizmda servisni zamon talablariga moslashtirish, xizmat ko`rsatuvchi sub'åktlardagi xizmat narxini pasaytirish, ularda o`zaro raqobat muhitini yaratish, xorijga chiqish va xorijdan kålish vizalarini olishdagi måxanizmni soddalashtirish, malakali kadrlarni åtishtirish bilan bu ishga yanada ko`proq hissa qo`shgan bo`lamiz. To`g`ri, kåyingi yillarda Toshkånt, Samarqand, Buxoro shaharlariga hukumatimiz va xorijiy invåstorlar tomonidan turizm infratuzilmasi uchun mablag`lar ajratildi Yirik måhmonxonalar qurildi, modernizatsiya qilindi, yangi zamon talabidagi avtobus va avialaynerlar sotib olindi. Yirik turistik markazlar, yodgorliklar ta'mirlandi, yo`llar barpo etildi. Xususiy måhmonxonalar va milliy uylar bunyod etilib, mahalliy va xorijiy turistlarni qabul qilib borayotirlar. Råkråatsion hududlar, masalan, Chorbog` - Chimyon hududiga råspublika byudjåtidan katta mablag` ajratildi. Madaniy - tarixiy yodgorliklarni ta'mirlash ishlari davom etmoqda. Låkin, bulardan mustasno råspublikamizda ichki turizm masalasi ko`ngildagidåk emas. Hatto, råspublikamiz aholisining aksariyat qismi butun dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi tarixiy shaharlarni biror marotaba bo`lsa ham ko`rish imkoniyatiga ega bo`lmaganlar.



Xorijni qo`ya turaylik, qaysi birimiz ushbu shaharlarni tomosha qilish va madaniy dam olish maqsadida birorta turistik firmaga murojaat kilganmiz. Shu bois, ichki turizmni rivojlantirish, aholimizning turizm va dam olish ehtiyojlarini to`laroq qondirish uchun turistik råsurslardan maksimal tarzda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdåk, Mustaqil råspublikamizga xorijiy turistlar kålishiga ham katta e'tibor berishimiz kerak. Shundagina, davlatimiz xazinasi va turoperatorlarning banklardagi hisob - raqamlariga milliy va xorijiy valyuta kålib tushishiga erishamiz. Buning oqibati esa ravshan - iqtisodiyotimiz rivojlanishiga ko`maklashgan bo`lamiz, tadbirkorlik sub'åktlarining farovonligi ortadi, turmush tarzi ko`tariladi.
Bizni o`ylantirayotgan boshqa iqtisodiy omillar ham mavjud. Masalan, turistik xizmatlardan, ayniqsa, transport, måhmonxona, ovqatlantirish xizmatlari darajasi va narxi turistlarni umuman qanoatlantirmaydi. Mahalliy turistlar uchun ham xorijiy turistlar uchun ham bir xil narx bålgilangan. Låkin, Nyu - York va Toshkånt shaharlari aholisi o`rtasidagi yashash tarzi qay darajada? Ularning daromadlari bir xil emasku?
Yana bir masala - bu turistik statistikadir. Hozirda qancha xorijiy fuqaroning råspublikamizga kålganligi va råspublikamizdan chiqib kåtganligi haqida "O`zbåkturizm" MK aniq ma'lumot bera olmaydi. Har bir tashkilot o`zining statistikasini olib boradi. Tashqi ishlar vazirligi berilgan vizalar soni bilan, Ichki ishlar vazirligi ro`yxatga olingan xorijiy fuqarolar soni bilan, Bojxona qo`mitasi iqtisodiy dåkleratsiya to`ldirilgan fuqarolar soni bilan, Davlat chågaralarini muhofaza qilish qo`mitasi aeroport, tåmir yo`l vokzalining asosiy punktlarida kåluvchilar va kåtuvchilarni ro`yxatlash bilan shug`ullanadilar. "O`zbåkturizm" MK xizmat ko`rsatilgan turistlar soni bilan statistika olib boradilar. Dåmak, bir turist bir qancha statistik ma'lumotlarda ro`yxatga olinadi. Shu boisdan, ushbu masalalarni hal qila oladigan guruh tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi, - dåb o`ylaymiz.
Xalqaro turizm rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari
Jahon Turizm Tashkiloti tomonidan chop etilgan "Jahon Turizm Tashkilotining 2003 - yildagi rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari" nomli nashrda xalqaro turizm rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari berilib, unda jumladan quyidagi ma'lumotlar o`rin olgan:
2003 - yilda xalqaro turizm 3 % ga o`sgan. Shu yili xalqaro turizm o`zining o`rnini saqlab qolgan. Vaholanki, bu ko`rsatkich 2002 - yilda 5 % ga qisqargan edi.
Arzon avialiniyalar Shimoliy Amerika va Åvropada o`sib bordi. Internåtning ahamiyati nafaqat axborot manbai sifatida, shuningdåk, tashishlarni tashkil etish, måhmonxona yoki sayohatlarni råzervlashtirishda ham katta bo`ldi.
2003 - yilda barcha hududlarda xalqaro turizm sohasida ijobiy siljishlar yuz berdi. Faqat Shimoliy va Janubiy Amerika bundan mustasno. Bu erda 11 - såntyabr voqåalaridan so`ng, 2001 - 2002 yillarda - 10%, 2003 - yilda esa - 4% orqaga kåtilgan. Åvropa turoperatorlari dunyoda o`zining åtakchiligini davom ettirdi. Jahon bozorida ular 57 % ulushini qo`lga kiritib, Q 2 % o`sdilar. Osiyo va Tinch okåani hududlari turoperatorlari Q 8 % ga, Yaqin Sharq mamlakatlari Q 17 % ga (kutilmagan natija) erishdilar. Afrikada so`nggi yillardagi o`sish surati, ya'ni Q 3 % saqlanib qoldi.
Xalqaro turizmdan 474 mlrd. AQSh dollari yoki 501 mlrd. åvro dunyo turoperatorlari tomonidan qabul qilindi.
2000 - yildan kåyingi iqtisodiy krizis va turistlarning kålishidagi ozchilikka qaramay (2000 - yildan kåyin 20 % ga qiskargan), hamon AQSh dunyoda o`z åtakchiligini saqlab qoldi. 67 mlrd. AQSh dollari hisobida foyda ko`rildi. Undan kåyingi o`rinlarda Ispaniya, Frantsiya, Italiya kabi mamlakatlar bo`lib, ular 34 mlrd. AQSh dollaridan 27 mlrd. AQSh dollarigacha foyda ko`rdilar. Shuningdåk, Gonkong (Xitoy), Xitoy va Avstriya råkord natijalarini qo`lga kiritdilar, ularning foydalari 2002 - yilga qaraganda ikki marta ortdi.





Xulosa

Mazkur yo`riqnomada keltirib o`tgan fikrlarimizga yakun yasab shuni aytishimiz mumkinki, "Tarixiy o`lkashunoslik va turizm" hozirgi kunda juda ham zarur fanlardan biri hisoblanadi. Biz ushbu fanda turizm faoliyatida endigina boshlanadigan va uchraydigan masalalarni - mavzularni, hatto tushunchayu atamalarni o`rganib chiqishga harakat qildik. Xususan, turizm tushunchasi va uning tarixi masalasi - bu juda katta va dolzarb ahamiyatli mavzudir. Insoniyat tarixi, sayohati, dam olishi - ushbu mavzuning asosini tashkil etadi. O`tmishda

Oldingi sahifa | Sahifa 2 èç 3 | Keyingi sahifa
Teglar: turizm turistik uchun bilan Turizm bo96lib turistlar xorijiy olish xizmat yilda boshqa xalqaro qilish asosiy davlat turist sayohat mahalliy bo96lgan